Ensiklopedik lug„atlar - tabiat va jamiyatdagi muhim hodisalar, tarixiy-ilmiy voqeliklar, buyuk shaxslar haqida ma’lumot beruvchi lug‘at tiplari.
Lisoniy lug„atlar - til birliklari, til tizimiga xos kategoriyalar haqida ma‘lumot beruvchi lug‘atlar.
Universal ensiklopediyalar - tabiat va jamiyatning barcha sohalariga oid muhim voqelik-hodisalar haqida ma’lumot beruvchi qomusiy lug‘atlar.
Soha ensiklopediyalari - faqat bir sohaga oid ma’lumotlar beriladigan qomusiy lug‘atlar.
Bir tilli lug„atlar - bir til materialiga asoslangan lug‘atlar.
Ko„p tilli lug„atlar - bir necha til materiallariga asoslangan lug‘atlar.
Izohli lug„atlar - leksema ma’nolari izohlangan, sharhlangan lug‘atlar.
Izohsiz lug„atlar - leksema yoki termin ma’nolari izohlanmagan lug‘atlar.
Terminologik lug„atlar - u yoki bu sohaga oid terminlar haqida ma‘lumot beruvchi lug‘atlar.
Adabiyotlar: 4[82-89],9[90-94],34[183-186]
Lug„at maqolalarining joylashtirilish
tartibi va maqola sxemalari
Maqolalarni joylashtirish tartibi
Lug‘atlarda leksemalarni yoki maqola nomlarini joylashtirish tartibi quyidagi uch prinsipga tayanadi:
tashqi tartib;
ichki tartib;
ma’no tartibi (semantik prinsip).
Tashqi tartib leksemaning (yoki maqola nomining) birinchi harfiga - shu harfning alifbodagi o‘rniga qarab belgilanadi:
Arpa
Banoras
Daryo
Gavda
Do'stlaringiz bilan baham: |