O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet243/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

2.Ichki tartib leksemaning (yoki maqola nomining) birinchi harfidan keyingi (ikkinchi, uchinchi va h.k.) harflariga - shu harflarning alifbodagi o‘rniga qarab belgilanadi. Bu tartibga birinchi harfi bir xil bo‘lgan leksemalarni joylashtirishda amal qilinadi:
Arpa
Arra Asal Astar Banoras Baraban
З.Ма’по tartibi omonim yoki polisemantik leksemalarni (yoxud omonim birikmalarni) joylashtirishda ishlatiladi. Bu tartibga ko‘proq ensiklopedik lug‘atlarda va shunga yaqin turgan lug‘at-spravochniklarda duch kelinadi. Chunonchi:
a) Ohangaron - daryo...
Ohangaron- shahar...
Chirchiq-daryo... Chirchiq-shahar...
I z o h: Ohangaron va Chirchiq leksemalari dastlab gidronim (daryo nomi) bo‘lgan, keyinchalik ular toponimlar guruhiga ko‘chgan - shu daryolar yoqasida yuzaga kelgan shaharlarni atay boshlagan. Bu hol daryo nomini oldin, shahar nomini esa keyin qo‘yishga asos bo‘lgan;
b) ba’zan bir nom bilan atalgan bir necha obyekt yoki predmet o‘rtasida yuqoridagi singari bog‘lanish bo‘lmaydi yoki bunday bog‘lanish aniqlanmagan bo‘ladi. Bunday paytda ularning xo‘jalikda, ilmda, umuman jamiyatda tutgan o‘rni, mavqei hisobga olinadi:
Andijon - shahar...
Andijon - Andijon viloyatidagi posyolka
I z o h: Shahar viloyatning ma’muriy, ilmiy va madaniy markazi bo‘lganligidan birinchi o‘rinda berilgan:

  1. shahar nomi bilan kishi nomi bir bo‘lganda, kishi nomi oldin beriladi:

Beruniy - xorazmlik buyuk olim. (Q.: Abu Rayhon Beruniy). Beruniy - Qoraqalpog‘istondagi shahar...;

  1. ixtirochining nomi o‘zi ixtiro qilgan kashfiyot nomidan oldin beriladi:

Veber Vilgelm Eduard (1804-1891)-nemis fizigi...
Veber - ...o‘lchov birligi. Veber V.E. nomi bilan atalgan;

  1. shahar yoki boshqa biror geografik obyekt nomi bilan shaxs nomi o‘rtasida bog‘lanish bo‘lmagan taqdirda ham, shaxs nomi oldin beriladi:

Volta Alessandro (1745-1827)-italyan fizigi...
Volta -G‘arbiy Afrikadagi daryo...;

  1. o‘simlik nomi bilan hayvon nomi bir xil bo‘lganda, hayvon nomi oldin qo‘yiladi:

Kanna - hayvon...
Kanna - o‘simlik...;

  1. juft leksemalar bir so‘zdek alfavit tartibiga solinadi:

Shonalash
Shonli
Shon-sharaf Shon-shavkat Shon-shuhrat;

  1. izohli lug‘atlarda omonimik xarakterdagi leksemalar yoki so‘z birikmalari alohida-alohida maqola nomi sifatida beriladi. Ammo ko‘p ma’noli leksemalarning (yoki shunga yaqin bo‘lgan ba’zi lug‘aviy birliklarning) barcha ma’nolari bir maqola ichida izohlanadi:

Burun (1) - a) odamning burni (to‘g‘ri ma’noda);
b) choynakning burni (ko‘chma ma’noda).
Burun (2) - a) payt ravishi ("ilgari", "avval")
b) ko‘makchi so‘z

  1. maqol va matallar avval tematik guruhlarga birlashtiriladi, so‘ng har bir guruhga oid maqollar alifbo tartibida joylashtiriladi. Masalan:


Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling