Tashqi tartib - lug‘atlarda maqola nomining alifbodagi harflar tartibida joylashtirilishida shu nomning boshidagi birinchi harfga asoslanish.
Ichki tartib - lug‘atlarda bir xil harf bilan boshlangan maqola nomlarining ikkinchi, uchinchi va keyingi harflariga, shu harflarning alifbodagi tartib o‘rniga asoslanish.
Ma’no tartibi - omonim yoki polisemantik xarakterdagi leksemalarning (yoki birikmali nomlarning) joylashtirilishida ularning ma‘nosiga va tematik guruhlanishiga tayanish prinsiplari.
Lug„at maqolalarining tuzilishi - maqola mazmunining avvaldan belgilangan sxemaga (kompozitsion-strukturaviy qolipga) tayanib yoritilishi.
Adabiyotlar: 9(95-99), 10 (232-237).
O„zbek lug„atchiligi tarixidan qisqacha
ma’lumot
1.O‘zbek lug‘atchiligi tarixi, aslida, eski turkiy til lug‘atchiligi va arab tili lug‘atchiligi tarixi bilan uzviy bog‘liqdir: "Devonu lug‘otit turk" (1073-1074-y.), "Muqaddimatul adab" (1137-y.), "Kitob ul-idrok li lisanul atrak" (1312-y.), "Attuhfatuz zakiyatu fil lug‘atit turkiya" (XIII asr) kabi asarlar arab tilida va arab tilshunosligi an’analarida yozilgan bo‘lsa-da, ularning barchasida qadimgi turkiy til va eski turkiy til lug‘ati o‘z ifodasini topgan.
"Devonu lug„otit turk" (1073-1074-y.) - Mahmud Koshg‘ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Unda Markaziy Osiyodan Qora dengiz bo‘ylarigacha cho‘zilgan hududda yashovchi turkiy urug‘lar, qabilalar, elatlar, ularning tillari haqida ma’lumot beriladi. Xalq og‘zaki ijodidan namunalar keltiriladi.Lug‘atning bizgacha bitta qo‘lyozmasi yetib kelgan. Bu qo‘l yozma, kotibning ta’kidlashicha, Mahmud Koshg‘ariyning o‘z qo‘li bilan yozilgan nusxadan ko‘chirilgan bo‘lib, 1914-yilda Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. U Istanbulda saqlanmoqda.
"Devonu lug‘otit turk" arab tilidan nemis, usmonli turk va o‘zbek tillariga tarjima qilingan 125
Do'stlaringiz bilan baham: |