O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet12/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

1.9.Hozirgi ozbek adabiy tilining dialektal asoslari

O‘zbek tili bir qator shevalarni o‘z ichiga oladi, bunday shevalar etnolingvistik nuqtayi nazardan uchta katta dialektga - qarluq, qipchoq va o„g„uz lahjalariga birlashtiriladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarkib topishida ana shu uchta lahja shevalarining ishtirok etganligi tabiiy bir holdir, ammo ulardan qaysi biri adabiy tilga ko‘proq darajada asos bo‘lganligi masalasida tilshunoslar o‘rasida yakdillik yo‘q. Ko‘pchilik manbalarda hozirgi o‘zbek adabiy tilining tayanch dialekti sifatida qarluq lahjasi, xususan, uning Toshkent-Farg‘ona tipidagi shahar shevalari ishtirok etganligi ko‘rsatiladi 9. Ammo ayrim tilshunoslar ( masalan, prof. X. Doniyorov, dotsent B.To‘ychiboyev) adabiy tilning tayanch dialekti masalasiga boshqacharoq yondashadilar: ularning fikricha, hozirgi o‘zbek adabiy tilining tarkib topishida qipchoq lahjasiga mansub shevalar ham faol qatnashgan, shunga ko‘ra adabiy til me‘yorlariga oid ayrim masalalar (xususan, vokalizm tizimi, alifbo tuzilishi) qayta ko‘rilishi kerak. Bu mualliflarning ta’kidlashicha, hozirgi o‘zbek adabiy tili vokalizmida 6 ta emas, 8-9 ta unli fonema bor, ular i/ы, э/a, y/u, e/o kabi kontrast juftliklarni hosil qiladi 10.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilining grammatik qurilishida otning jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklaridagi shakllari Toshkent - Farg‘ona gruppa shevalariga asoslanadi: "-ga"(j.k), "-da" (o‘-p.k) va "-dan"(ch.k) kabi. Boshqa shevalarda otning bu kelishiklardagi shakllari quyidagicha bo‘ladi: Samarqand shevasida "-ga" formanti jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklari ma‘nosini ifodalaydi: Buxoroga ketopti ("Buxoroga"- otning jo‘nalish kelishigidagi shakli), Buxoroga o‘qopti ("Buxoroga"-otning o‘rin-payt kelishigidagi shakli) kabi. O‘g‘uz lahjasi
shevalarida "-ga" o‘rnida "-g‘a" (qurvaqag‘a), "-ys" (tangsys), "-ns" (srkins), "-na(yanbina),"-s" (uyims) formantlari ishlatiladi. Bunday har xillik tushum va qaratqich kelishiklarida ham mavjud: "-ni'7"-nbi", "-ning'7"-nbing" (qipchoq lahjasi shevalarida), "-ning"/"-ing", "-nbing'7"-bing" (Iqon, Qorabuloq, Hazorasp
shevalarida), "-ni"/"-ti"/"-pi"/"-yi"/"-mi" (Toshkent shevasida) kabi. Bunday ko‘p variantlilik adabiy tilga ko‘chirilmagan. Shuni ham aytish kerakki, ko‘pchilik shevalarda tushum va qaratqich kelishiklari deyarli farqlanmaydi. Shuning uchun ham kelishiklar soni Toshkent, Farg‘ona, Xeva-Urganch shevalarida-5ta, Qarshi shevasida 4 tadir. Qipchoq lahjasining j-lovchi shevalarida, qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasining Iqon-Qorabuloq dialektida esa ularning soni 6 taga yetadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilining 6 kelishikli tizimga asoslanishida ana shu lahjalarning morfologik xususiyati hisobga olingan.

  1. "Hozirgi ozbek adabiy tili" fanining
    boiimlari






  1. Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling