O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet13/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

Fonetika va fonologiya. Bu bo‘limlarda hozirgi o‘zbek adabiy tilining fonetik- fonologik sathiga oid tizimlar (vokalizm, konsonantizm), segment va supersegment birliklar (fonema, bo‘g‘in, urg‘u, intonatsiya, fraza, takt), prosodik elementlar (temp, tembr, ritm, melodika, pauza va b.lar), ularning til va nutqdagi roli haqida fikr yuritiladi.

  • Grafika va orfografiya. Bu bo‘limlarda hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozuv tizimlari (kirillcha va lotincha o‘zbek yozuvlari), ularning asosiy komponentlari va belgilari, orfografiya prinsiplari va qoidalari xususida bahs yuritiladi.

    3.Orfoepiya. Bu bo‘limda o‘zbek tilining to‘g‘ri (adabiy) talaffuz me’yorlari, ularni belgilovchi omillar haqida ma‘lumot beriladi.

    1. Leksikologiya va frazeologiya. Bu bo‘limlarda o‘zbek tilining lug‘at boyligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, lug‘aviy birliklarning qatlamlanishi, turlari, leksik- semantik va tematik guruhlari, leksema va frazemalarning semantik tarkibi, qo’llanish xususiyatlari o‘rganiladi.

    2. Leksikografiya. Bu bo‘limda lug‘atchilik, lug‘at tiplari va turlari, lug‘atlarning tuzilish prinsiplari, lug‘at maqolalarining sxemalari, lug‘atlarning amaliy ahamiyati xususida bahs yuritiladi.

    3. Morfemika. Bu bo‘limda so‘z yoki so‘zning grammatik shakllari tarkibidagi ma’noli qismlar - morfemalar xususida, morfemalarning funksional-semantik, strukturaviy va pozitsion tavsifi haqida ma‘lumot beriladi.

    7.Soz yasalishi. Bu bo‘limda o‘zbek tilining so‘z yasash usullari, ularning so‘z turkumlari bo‘yicha tavsifi, tarixiy va hozirgi so‘z yasalishi kabi masalalar yoritiladi.
    8.Morfologiya. Bu bo‘lim grammatikaning bir qismi bo‘lib, unda grammatik ma‘no va grammatik shakllar, shular orasidagi aloqadorlik asosida yuzaga kelgan

  • grammatik kategoriyalar, so‘zlarni turkumlarga birlashtirish prinsiplari, har bir so‘z turkumining ma‘no turlari, morfologik belgilari, gapdagi funksional xarakteristikasi haqida fikr yuritiladi.

    Download 5.3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   272




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling