O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Boing-767"
- Tekshirish savollari
- алла , кай
- бир оз
- Tayanch tushunchalar
77- qoida: o‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi; uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi. qoida: ...bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi: VzMU kabi. I z o h : 79-qoidaning bosh harflardan tuzilgan qisqartmalarga (AQSh, BMT kabilarga), shuningdek, ko‘p xonali raqamlarga (16,245, 1994, XIX kabilarga) aloqador qismi rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida ham bor. qoida: harflardan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-"A" sinf, V " V" guruhi, 110gr, 15 ga, 105 m, 25sm, 90 mm kabi. qoida: Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: "Navro‘z-92" (festival), "O‘qituvchi-91" ( ko‘rik tanlov), "Andijon-9", "Termiz-16" (g‘o‘za navlari), "Boing-767" (samolyot), "Foton-774" (televizor) kabi. qoida: A.J. Jabborov, A.D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh. k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi. E s l a t m a: 1995-yilda tasdiqlangan “Узбек тилининг асосий имло Kouganapu”ga quyidagi ilova kiritilgan: “Узбек тилининг имло коидалари хакида. Имло коидаларини тасдиклаш хакидаги карорда ушбу коидаларга дастлаб лотин харфларига асосланган ёзувда амал килиниши таъкидланди, демак, кирилл харфларига асосланган ёзувда аввалги коидалар сакланади” Yozuv amaliyotida har ikki yozuv parallel ravishda qo‘llanib turgan hozirgi paytda il ovadagi bu ko‘rsatmaga amal qilishni unutmaslik kerak, aks holda imlodagi anarxiyaga chek qo‘yib bo‘lmaydi. Tekshirish savollari Lotin-o‘zbek yozuvuning imlo qoidalari qachon va qanday nom bilan tasdiqlangan? Lotin-o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qanday bo‘limlardan tarkib top- gan? Bo‘limlarning nomlanishi va mazmuni? Rus-o‘zbek yozuvuning imlo qoidalari qachon va qanday nom bilan tas - diqlangan? Rus-o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qanday bo‘limlardan tarkib topgan? Bo‘limlarning nomlanishi va mazmuni? Rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlarining imlo qoidalarida qanday tafo- vutlar bor? Harflar imlosidagi tafovutlar? Asos va qo‘shimchalar imlosidagi tafovutlar? Qo‘shib yozish qoidalaridagi tafovutlar? Otlardagi egalik qo‘shimchalarining imlosida qanday tafovutlar bor? Fe‘llardagi orttirma nisbat shakllari imlosining mazmuni?(Rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlari imlosining qiyosiy tavsifi). Rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlarida “ot+ot=qo‘shma sifat” qo- lipida yasalgan sifatlarning yozilishi qanday qoidalashtirilgan? Qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qanday yoziladi? Rus-o‘zbek yozuvida шер юрак, муз ёрар, иш ёцмас, хул ёзма tarzida yozilgan so‘zlar lotin-o‘zbek yozuvida qanday yoziladi? Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra еру осмон, ору помус, туну кун, кечаю кунДуз, ёшу кари, кую кузи tarzida yozilib kelgan juft so‘zlar hozirgi lotin-o‘zbek yozuvida qanday yoziladi? K,g, q,g‘ tovushlari bilan tugagan so‘zlarga —g” bilan boshlangan qo‘shimchalarning (-ga, -gan, -gani, -guncha,-gach kabi morfemalarning) qo‘shilishidan hosil bo‘lgan so‘z shakllarining yozilishi har ikki yozuv imlosida qanday qoidalashtirilgan? Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha (defis) yozilmaydi: 1956 йил 22 сентябрь kabi. Lotin-o‘zbek yozuvida-chi? Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra алла , кай elementlari so‘zga qo‘shib yoziladi: аллаким, аллакшоай, кшюиу, кшюакт kabi.Lotin -o‘zbek yozuvida-ch? Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra бир оз ravishi tarkibidagi komponentlar ajratib yoziladi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvida-chi? Birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalar rus-o‘zbek va lotin-o‘zbek yozuvlarida qanday yoziladi? Belgining ortiq darajasini bildiruvchi kopdan kop, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizigan kabilarning imlosi rus-o‘zbek va lotin- o‘zbek yozuvlarida qanday qoidalashtirilgan? Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida izofali so‘zlarning (нуцтаи назар, ойнаи жа^он, ДарДи беДаво kabilarning) ajratib yozilishi nazarda tutilgan. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosida bu qoidaga qanday o‘zgartish kiritilgan? Har ikki yozuvning bosh harflar imlosiga oid qoidalarida qanday tafovutlar bor? Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosining "Ko‘chirish qoidalari"da rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida berilmagan qanday qoidalar bor? Yozma nutqning ijtimoiy-kommunikativ funksiyalari reallashuvida imlo qoidalarining qanday ahamiyati bor? Tayanch tushunchalar Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling