O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- O„zbek punktuatsiyasida tinish belgilarining tasnifi
- Qo„llanish o„rniga ko„ra tinish belgilari uch guruhga ajratiladi
Punktuatsiya prinsiplari tinish belgilarining sistemaga uyushuvini ta'minlaydigan tamoyillardir.Bunday tamoyillarning quyidagi turlari bor:
Logik-grammatik tamoyil: Bu tamoyil nutqning semantik-grammatik tomonini yozuvda to‘g‘ri ifodalashga qaratilgan bo‘ladi: nutq mazmuni xabarni anglatsa, gaplar oxirida nuqta qo‘yiladi, nutq mazmuni so‘roqni anglatsa, gaplar oxirida so‘roq belgisi qo‘yiladi. Z.Stilistik tamoyil. Bu prinsip tinish belgilarining qo‘llanishini nutq stillariga qarab belgilaydi: so‘zlashuv uslubi, ilmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub, rasmiy uslub qoliplarida yozilgan nutqning (matnning) o‘ziga xos jihatlari borki, ularda tinish belgilari shu uslublarga mos ravishda qo‘llaniladi. Differensiatsiya tamoyili. Bu prinsip asosida tuzilgan qoidalar tinish belgilarining qo‘sh holda qo‘llanishidagi tartibni, gapdagi murakkab mazmunni konkretlashtirish kerak bo‘lganda tinish belgilaridan foydalanish yo‘llarini belgilab beradi. O„zbek punktuatsiyasida tinish belgilarining tasnifi O‘zbek punktuatsiyasida tinish belgilari quyidagicha tasnif qilingan:43 Tinish belgilarining qo‘llanish o‘rniga ko‘ra tasnifi. Tinish belgilarining qo‘llanish usuliga ko‘ra tasnifi. Tinish belgilarining tuzilish jihatidan tasnifi. Tinish belgilarining vazifasiga ko‘ra tasnifi. Qo„llanish o„rniga ko„ra tinish belgilari uch guruhga ajratiladi: Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari. Gap ichida qo‘llanuvchi tinish belgilari. Aralash holda qo‘llanuvchi tinish belgilari. Gap oxirida qo‘llanuvchi tinish belgilari: nuqta (.),so‘roq (?) belgisi, undov (!) belgisi. Bu belgilar quyidagi holatlarga ishora qiladi: a)gapning (fikrning) tugallanganligiga; b)gapda qanday mazmun-ma'no ifodalanganiga; d) gapning tugallanish chegarasiga, keyingi gapdan ajralishiga. Ular ba'zan gap oxiridan boshqa o‘rinlarda ham ishlatiladi. Bunday paytda bu belgilar boshqa vazifa bajaradi, maqsad ham har xil bo‘ladi: Bu asar H.M. Abdullayev qalamiga mansub (nuqta gap o‘rtasida kelgan. Bunda u sintaktik vazifani bajarmaydi). Tinish belgilarining gap oxirida qo‘llanishi shu gapning mazmuniga ham ishoradir: nuqta xabar-darak mazmunli gaplarga, so‘roq belgisi so‘roq mazmunli gaplarga, undov belgisi esa buyruq, tashviq, emotsiya ifodalovchi gaplarga ishora qiladi. Gap ichida qo„llanuvchi tinish belgisi asosan verguldir. U quyidagi sintaktik vazifalarni bajaradi: a) gap bo‘laklarini biriktiradi (Shahar, qishloqlarimiz yildan yilga obodonlashib bormoqda); b)gap bo‘laklarini bir-biridan ajratadi (Toshkentda, shaharning markazida, Mustaqillik maydoni joylashgan); v) gap bo‘laklari bilan sintatik jihatdan bog‘lanmagan so‘z, ibora va gaplarni chegaralaydi (Do ‘stim, nega kecha darsga kelmading?); g) bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlarini bir-biridan ajratadi.(Yoz kelib,hamma ta'tilga chiqib ketdi). Aralash qo ‘llanuvchi tinish belgilari: ikki nuqta (:)., qo‘shtirnoq („ "), qavs ( ), tire ( - ). Bu belgilar gapning boshida, o‘rtasida va oxirida ham qo‘llanadi. Xususan, tire gap boshida, o‘rtasida; ikki nuqta gap oxirida va o‘rtasida; qo‘shtirnoq, qavs, ko‘p nuqta gap boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanadi. Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling