O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi
Download 5.3 Mb.
|
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Punktuatsiya prinsiplari
Imlo qoidalari- o‘zbek orfografiyasining mazmunini belgilaydigan qoidalar tizimi.
Imlo qoidalarining amaliy ahamiyati- hozirgi o‘zbek adabiy tilining yozma shaklini me‘yorlashtirib turishi, bu shaklning faoliyatini turli boshboshdoqliklardan muhofaza qilishi U Adabiyotlar: 10(108-114), 12 (173-181) , 40 (5-21),41 (1-15) Punktuatsiya-yozuv tizimining uchinchi komponenti Punktuatsiya yozuv sistemasining uchinchi komponentidir.Bu komponent 1930-1940-yillarda (o‘sha davrdagi o‘zbek yozuvlari bilan bog‘liq ravishda) tugal sistema holiga keltirilgan bo‘lib, hozir ham shu holicha qo‘llanmoqda. Uning lisoniy asosini tilning grammatik qurilishi va, ayniqsa, gap qurilishining ritmik-intonatsion xususiyatlari tashkil etadi. Shu sohaning yetakchi mutaxassisi prof. K. Nazarovning ta’kidlashicha, hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining yana bir asosi - rus punktuatsiya sistemasi ham bor.42 Buning dalili sifatida muallif ko‘pchilik tinish belgilarining (so‘roq, undov, qo‘shtirnoq, ko‘p nuqta kabilarning) rus tilidan o‘zlashtirilganligini, shuningdek, rus punktuatsiyasi ilmiy-nazariy jihatdan ancha ishlangan va sistemalashgan bo‘lganligi uchun o‘zbek tilidagi punktuatsiya qoidalarining ayrimlari ham rus punktuatsiyasi qoidalariga asoslanib tuzilganligini aytadi.Punktuatsiya asoslari zaminida punktuatsiya prinsiplari va qoidalari ishlab chiqiladi. Ular (prinsiplar va qoidalar) og‘zaki nutqning mazmunini, strukturasini va intonatsion xususiyatlarini yozma nutqda ifodalash imkonini beradi. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, tinish belgilari bir yo‘la ikki tizim - grafika va punktuatsiya tizimlari doirasida ko‘riladi: tinish belgilarining prosodemografemalar sifatidagi tavsifi grafikaga (aniqrog‘i, grafemikaga) dahldor bo‘lsa, ularning yozma nutqda qo‘llanish o‘rinlarini punktuatsiya qoidalari belgilaydi. Tilshunoslikda punktuatsiya termini quyidagi ma'nolarni anglatadi:1) grafik lingvistikaning bir bo‘limi; 2) punktuatsiya qoidalari yig‘indisi; 3) tinish belgilarining o‘zi. Punktuatsiya tinish belgilarining miqdori,funksiyasi(yozma nutqdagi vazifalari), qo‘llanish tartibini ham o‘rgatadi. Yozma nutqni mantiqan izchil, aniq va to‘g‘ri ifodalashda punktuatsiyaning ahamiyati katta. O‘zbek tilining punktuatsiya tizimi quyidagi o‘nta belgini o‘z ichiga oladi: Nuqta (.) 2.So‘roq belgisi (?) Undov belgisi (!) Nuqtali vergul (;) Ko‘p nuqta (...) Vergul, qo‘sh vergul (, yoki , ,) 7.Ikki nuqta (bayon belgisi) (:) Tire va qo‘sh tire (- yoki - - ) Qavs va qo‘sh qavs: ( ), [ ] Tirnoq, qo‘shtirnoq („ " , « ») Punktuatsiya prinsiplari Download 5.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling