1926-yilning 19-21-mayida Samarqandda o‘zbek ziyolilarining alifbo muammolariga bag‘ishlangan ilmiy kengashi bo‘lib o‘tadi va kengash qaroriga binoan yangi alifbo loyihasi tuziladi, u O‘zbekiston Maorif Xalq Komissarligi tomonidan tasdiqlanadi.66
1926-yilning 10-iyunida O‘zbekiston Ijtimoiy Sho‘rolar Jumhuriyati Kengashining 1-chaqiriq 4-sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda yangi alifboga o‘tishni rejali ravishda amalga oshirish maqsadida Ijroiya Qo‘mita huzurida O‘zbekiston Yangi alifbe Markaziy qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.Shu qarorga ko‘ra yangi alifbe Markaziy qo‘mitasining 44 kishidan iborat tarkibi va uning raisi (Y.Oxunboboev) belgilanadi.67
yilning 16-oktabrida O‘zbekiston Ijroiya Sho‘rolar Jumhuriyati Markaziy Qo‘mitasi o‘zining 88-sonli qarori bilan yangi alifbo Markaziy va mahalliy qo‘mitalari nizomini tasdiqlaydi. Bu Nizomda Markaziy va mahalliy qo‘mitalar strukturasining huquq va vazifalari belgilanadi.67 68
yilning iyun oyida Bokuda yangi turk alifbosi Markaziy Qo‘mitasi o‘zining birinchi plenumini o‘tkazadi. Unda lotin grafikasi asosida tuzilgan birlashgan turk alifbosi qabul qilinib, barcha turkiy Respublikalarga tarqatiladi. Shu yilning o‘zida O‘zbek yangi alifbe markaziy qo‘mitasi “Birlashgan turk alifbosi”
asosida yangi o‘zbek alifbosining quyidagi loyihasini yaratadi:
1928-yilning yanvarida Toshkentda Butunittifoq yangi alifbo Markaziy Qo‘mitasining ikkinchi plenumi bo‘lib o‘tadi. Plenumda yangi (lotinlashtirilgan) alifboga o‘tish yo‘lida uchrayotgan to‘siqlarni yengib, alifbo islohotini tezlashtirish kerakligi alohida ta‘kidlanadi. Butunittifoq yangi alifbo Markaziy Qo‘mitasining ikkinchi plenumidan so‘ng yangi o‘zbek (lotin) alifbosi Markaziy Qo‘mitasi ham o‘zining ikkinchi plenumini o‘tkazadi, bu plenumda yangi o‘zbek alifbosini amalga kiritishning besh yillik rejasi tasdiqlanadi.69
Do'stlaringiz bilan baham: |