O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet148/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

1928-yilning 7-martida O‘zbekiston Respublikasi 2-chaqiriq Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi Oliy Kengashining 3-sessiyasi yangi o‘zbek alifbosi Markaziy Qo‘mitasining hisobotini va 5 yillik rejasi haqidagi axborotini tinglaydi hamda bu ishni amalga oshirishning yangi tadbirlarini ishlab chiqish lozimligini ta‘kidlaydi.
Sessiya majlisining bayonnomasida (uning 6-moddasida) qayd etilishicha, O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi yangi o‘zbek alifbosini Davlat alifbosi deb tan oladi va bu haqda maxsus qaror tayyorlab, uni matbuotda e‘lon qilishni Markaziy Ijroiya Qo‘mita Prezidiumiga havola qiladi.70
1928-yilning 11-avgustida O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi shu yilning 7-martida bo‘lib o‘tgan sessiya topshirig‘ini amalga oshirish maqsadida 123-sonli maxsus qaror qabul qiladi. Qarorga binoan yangi (lotinlashtirilgan) o‘zbek alifbosi Davlat alifbosi deb e’lon qilinadi hamda bu alifboga asta-sekin (bosqichma-bosqich) o‘tish tartibining yangi alifbo Markaziy Qo‘mitasi rejasiga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi ko‘rsatiladi. Bu qarorda yangi alifboga to‘la o‘tishni 1932- yilning oxirigacha yakunlash nazarda tutiladi.71
1928-yilning 1-dekabrida O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi o‘zining 209-sonli qarori bilan shu yilning 11-avgustida qabul qilingan 123-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritadi, bu yangi (209-sonli) qarorda yangi (lotinlashtirilgan) alifboga o‘tish muddatini 2 yilga qisqartirish (uni 1930-yilning 1-yanvarigacha tugallash) nazarda tutiladi.72
Ikkinchi davr(1929-1940-yillar)
Bu davr lotinlashtirilgan o‘zbek yozuviga to‘la o‘tish bilan boshlanadi:
1929-yilning 15-23-mayida Samarqandda Respublika til-imlo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda asosan 3 ta masala - adabiy til, istiloh (termin) va imlo masalalari ko‘riladi. Bu konferensiyada adabiy til me’yorlarini belgilashda singarmonizmli qishloq shevalarining xususiyatlarini hisobga olish lozimligi haqida takliflar bo‘ladi, shu asosda alifboda ham unlilarni ifodalovchi 9 harfning bo‘lishi ma’qullanadi; alifboga bosh harflar qo‘shiladi va harflar tartibi belgilanadi.73

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling