1939-yilning 22-oktabrida O‘zbekiston Xalq Komissarlari Kengashi Raisining o’rinbosari Qori Niyozov huzurida rus grafikasi asosidagi yangi o‘zbek alifbosining proektini muhokama qilishga bag‘ishlangan yana bir muhim kengash bo‘lib o‘tadi. Unda Faxri Kamolov proekt haqida doklad qiladi. Muzokaraga chiqqanlar proektni asosan ma’qullab, uni tezroq omma muhokamasiga qo‘yish va joriy qilish zarurligini aytishidi.
1939-yilning 23-oktabrida "O‘qituvchilar gazetasi"da "O‘zbek adabiy tilining rus grafikasi asosidagi yangi alfaviti" nomli bosh maqola chop etiladi. Unda shunday deyiladi: "Hozirgi kunda RSFSR da 36 millat rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga ko’chdi. Ozarbayjon, Tojikiston, Qozog‘iston va boshqa qardosh respublikalar yangi alfavitga o‘tish oldida turadilar...". "Rus grafikasi asosidagi yangi alfavitga o‘tish - kelajakda ham shakl, ham mazmun jihatdan bir... madaniyat va tilga qo‘shilib ketuvchi o‘zbek halqi madaniyati va tilining taraqqiyotini tezlatish demakdir".
yilning 18-noyabrida matbuotda "Rus grafikasi asosida tuzilgan yangi o‘zbek alifbesi" ning proekti muhokama uchun e’lon qilinadi. Unga quyidagi harflar kiritilganligini ko‘ramiz; a, б, в, г, д, e (ё), ж, з, и, й, k, л, м, н, o, п, р, с, т, у, ф, х, ц, ч, ш, щ, ъ,ы, ь, э, ю, я,е,ч , к, f, h, ц.
yilning 26-28-martida Toshkentda yangi o‘zbek alfaviti va orfografiyasi masalalariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy kengashi bo‘lib o‘tadi. Kengash alifbo loyihasi bo‘yicha bildirilgan fikrlarni hisobga olib, unga quyidagi o‘zgarishlarni kiritadi: a)"bi" va "щ" harflari alifbodan chiqariladi; b) "4", "h", "е" harflari "ж", "x" va "y" bilan almashtiriladi; v) "ё" mustaqil harf deb belgilanadi.
Natijada loyiha quyidagi harflarni o‘z ichiga oladi: a, б, в, г, д, e, ё, ж, з, и, й, k, л, м, н, o, п, р, с, т, у, ф, x, ц, ч, ш, ъ, ь, э, ю, я, y, ж, к, f, x, ц.82
Uchinchi davr(1940-1995-yillar)
Do'stlaringiz bilan baham: |