1940-yilning 5-8-mayida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1-chaqiriq III sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Sessiya o‘zining 8-maydagi yig‘ilishida rus grafikasiga asoslangan yangi o‘zbek alifbosining 35 harfdan iborat quyidagi loyihasini tasdiqlaydi: a, б, в, г, д, e, ё, ж, з, и, й, к, л, м, н, о, п, р, с, т, у, ф, х, ц, ч, ш, ъ, ь, э, Ю, я, у, К, F, X.
Oliy Kengash O‘zbekistonning barcha Xalq Komissarliklariga, respublika muassasalariga, mehnatkashlar deputatlari kengashlarining oblast ijroiya komitetlariga respublikada lotinlashtirilgan yozuvdan yangi alifbega ko‘chish ishlarining hammasini ikki yil ichida o‘tkazish, bu ishni 1942-yilning 1-yanvariga- cha tugallash majburiyatini yuklaydi.83
yilning 4-iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi yig‘ilishida "O‘zbek adabiy tilining orfografiyasi" (loyiha) ham ba’zi o‘zgarish va tuzatishlar bilan tasdiqlandi84. Shunday qilib, o‘zbek yozuvi tarixining yangi bosqichi - rus grafikasiga asoslangan davri boshlanadi.
1941-o„quv yilida maktablarning quyi sinflarida o‘quv jarayoni yangi yozuvga ko‘chiriladi.
1942-o„quv yilida maktablarning yuqori sinflarida ham o‘quv jarayoni yangi (kirillcha o‘zbek) yozuvga ko‘chiriladi.
1943-1946-yillarda alifbe va imlo asoslarini ommaga singdirish ishlari olib boriladi. Shu yillar ichida yozuv amaliyotida imlo qoidalaridan chetga chiqish, ularga g‘ayri qonuniy o‘zgartirishlar kiritish, adabiy tilning tayanch shevalariga yetarli amal qilmaslik kabi nuqsonlarga yo‘l qo‘yilayotganligi ham ma’lum bo‘ladi. Bunday nuqsonlarga barham berish, kamchiliklarni tuzatish maqsadida 1946-yilda orfografiya qoidalarining yangi to‘plami yaratiladi, imlo lug‘ati va qiyin so‘zlar lug‘atini tuzishga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |