O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi


Download 5.3 Mb.
bet153/272
Sana21.06.2023
Hajmi5.3 Mb.
#1645733
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   272
Bog'liq
Hozirgi o`zbek adabiy tili H.Jamolxonov2019

1947-1950-yillarda A.S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutida maxsus tuzilgan orfografiya komissiyasi ish olib boradi: bu komissiya 1946-yilda tuzilgan va nashr ettirilgan qoidalar to‘plamini matbuotda va turli kengashlarda bildirilgan fikrlar asosida qayta ishlaydi, shu asosda yangi loyiha yaratadi.
1950-1952-yillarda til va imlo masalalariga bag‘ishlangan bir necha konferensiya va kengashlar bo‘lib o‘tadi. Ularda orfografiya loyihasi bo‘yicha bir qator tanqidiy fikrlar bildiriladi, alifboni takomillashtirish kerakligi aytiladi.
1953-1955-yillarda matbuotda bildirilgan tanqidiy fikrlar va takliflar asosida "O‘zbek orfografiyasi asosiy qoidalari"ning bir necha yangi loyihalari yaratiladi, ulardan so‘nggisi O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumiga topshiriladi.
1956-yilning 4-aprelida "O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari" (qayta ishlangan va takomillashtirilgan varianti) O‘zbekiston Oliy Kengashi Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi (77).
1956-1990-yillarni rus grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvi uchun jiddiy sinov yillari bo‘ldi deb baholash mumkin: bu yillar ichida alifbo va imlo qoidalarining ijobiy baholanishi mumkin bo‘lgan jihatlari bilan birga, anchagina kamchiliklari borligi ham ma’lum bo‘lib qoldi: o‘zbek tilining ayrim milliy tovushlari uchun maxsus harflarning yo‘qligi, grafika va orfografiyaning ortiq darajada rus tili fonologik xususiyatlariga moslashtirilganligi bir qator mutaxassislar tomonidan salbiy hodisa sifatida baholanib kelindi.
1990-93-yillarda o‘zbek yozuvi muammolari bilan bog‘liq yangi davr boshlandi: bu davrda ruschalashtirilgan o‘zbek alifbosini boshqa sistemadagi alifbo bilan almashtirish g‘oyasi paydo bo‘ladi va shu g‘oya atrofida to‘rt xil yo‘nalish shakllanadi. Birinchi yo„nalish tarafdorlari o‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitga ko‘chirish masalasini o‘rtaga qo‘yadi; ikkinchi yo„nalish tarafdorlari arab grafikasidagi eski o‘zbek yozuviga qaytishni yoxud uni (eski yozuvni) ma’lum vaqt amaldagi yozuv bilan parallel qo‘llashni, shu tarzda bu ikki yozuvdan birining tanlanishini vaqt ixtiyoriga berishni taklif qiladilar; uchinchi yo„nalish tarafdorlarining aniq shakllangan xulosa va takliflari bo‘lmasa-da, ularning fikrlarida qadimgi turkiy (urxun) alifbosini tiklashga moyillik bordek tuyuladi; to„rtinchi yo‘nalish tarafdorlari esa amaldagi alifboni ma’lum o‘zgarishlar bilan saqlash kerakligini aytishadi.
Yuqoridagi yo‘nalishlarning tarafdorlari o‘rtasidagi bahslar, oxir oqibatda, o‘zbek yozuvini lotinlashtirilgan alifboga ko‘chirish g‘oyasining ustun kelishi bilan yakunlanadi.

Download 5.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling