1938-yilning 12-dekabrida yuqoridagi loyiha A.S.Pushkin nomli Til- adabiyot va tarix instituti ilmiy kengashida muhokama qilinadi, ammo bu muhokama paytida yozuvni rus grafikasiga ko‘chirish kerakligi haqida ham takliflar bo‘ladi: bunga mamlakatda rus grafikasiga o‘tish jarayoni ommaviy tus olganligi asos qilib ko‘rsatiladi. Darhaqiqat, 1936-38-yillar orasida 30 ga yaqin xalqning (abazin, avar, adigey, bolqor, buryat, darg‘in, yoqut, ingush, cherkes, koryak, lak, lezgin, nanay, nenes, no‘g‘ay, oltoy, osetin, tatar, xakas, chechen, chukchi, sho‘r, even, evenk, eskimos, qorachay, qrim-tatar, qumiq xalqlarining) yozuvlari rus grafikasi tizimiga ko‘chirib bo‘lingan, boshqa Ittifoqchi Respublikalarda esa bu jarayonga tayyorgarlik boshlangan edi. Institutning ilmiy kengashi shu omilni hisobga olib, rus grafikasiga o‘tish bo‘yicha takliflar tayyorlashni Olim Usmonovga topshiradi.78
yil, aytish mumkinki, rus grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosini shakllantirish yili bo‘lgan: shu yilning boshida bu alifboni (shuningdek, orfografiyani ham) tuzish ishi A.S.Pushkin nomli Til, adabiyot va tarix institutining lingvistika sektori rejasiga kiritiladi, uni bajarish esa F.Kamolov, O.Nosirova va Z.Ma‘rufovlarga topshiriladi.79
1939-yilning 25-27-mart kunlari shu institutda alifbo va orfografiya masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy sessiyasi bo‘lib o‘tadi, bu sessiyada garchi lotin grafikasidagi o‘zbek orfografiyasining 1938-yil dekabr oyida e’lon qilingan yangi loyihasi va uning muhokamasi yakunlari ko’rilgan bo‘lsa-da, unda rus grafikasi asosidagi yangi alifboga o‘tish vaqti kelganligi alohida ta’kidlanadi. 80
1939-yilning 13-oktabrida Toshkentda poytaxt ziyolilarining shahar partiya komiteti tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishi bo’ladi. Unda rus grafikasi asosidagi yangi o’zbek alifbosiga ko’chish masalasi ko‘riladi. Yig‘ilish qarorida bu haqda shunday deyiladi: "Biz, intelligensiya yig‘ilishining qatnashchilari, bu eng muhim masalani mehnatkashlarning keng muhokamasiga qo‘yishni tabriklaymiz va o‘z vaqtida qilinayotgan ish deb topamiz.
Biz O‘zbekiston Hukumatidan lotinlashtirilgan alifbedan rus grafikasi asosidagi yangi alifbega o‘tishni tezlashtirishni so‘raymiz"81
Do'stlaringiz bilan baham: |