281
GLOSSARIY
Adaptatsiya − tirik organizmning evolutsiya jarayonida
shakllangan tashqi
muhit o‘zgarishlariga moslashishi.
Adsorbsiya − gazlar, bug‘lar yoki erigan moddalarning qattiq modda yoki
suyuqlik yuzasida yutilishi.
Allergenlar − organizmga qayta ta’sir qilganda
uning reaktivligini
oshiradigan moddalar.
Zaharlarning antogonistik ta’siri − zaharli komponentlarning bir-birining
zararlovchi ta’sirini pasaytirishi.
Asbestoz − asbest changining nafas olish tizimiga tushishi bilan bog‘liq
kasb kasalligi.
Aerozollar − gazli muhitda turli o‘lchamdagi muallaq qattiq va suyuq
zarrachalardan iborat dispers tizim.
Zaharlar biotransformatsiyasi − zaharning organizmda moddalar
almashinuvi natijasidagi o‘zgarishlari.
Zararli modda − xavfsizlik talablari buzilganda
odam organizmi bilan
ta’sirlashganda ishlab chiqarish jarohatlarini,
kasb kasalliklari bilan
kasallanishlarni
yoki
organizm
sog‘lom
holatining buzilishini keltirib
chiqaradigan, ta’siri
ish jarayonida ham, hayotning keyingi muddatlarida va
keyingi avlodlarda zamonaviy usullar yordamida aniqlanadigan moddalar.
Gemato-ensefalistik to‘siq − miyaga qon
oqimidan yot moddalar kelib
tushishidan himoya qiluvchi miya qobiqlari tizimi.
Gigiyenik standartlashtirish −
alohida kimyoviy birikmalar,
aralashmalar, texnik suyuqliklarda o‘ta zaharli uchuvchan aralashmalarni cheklash
yo‘li bilan moddalar toksik ta’sirini kamaytirishga qaratilgan gigiyenik
reglamentatsiya yo‘nalishi.
Giperbariya − yuqori barometrik bosim.
Gidrofillik − moddaning suvda eruvchanligi koeffitsienti.
Gipoksiya − organizmda kislorod yetishmasligi.