Ish zonasi − ishlovchilar doimiy ishlaydigan yoki vaqtincha bo‘lgan pol
yoki maydon sathidan 2m balandlikdagi zona.
Radiosensebillovchi zaharlar - radiatsion nurlanishda toksik samarani
kuchaytiruvchi moddalar.
Organizm rezistentligi − jarohatlovchi omillarga nisbatan barqarorlik,
bunday omillarga ta’sirchanlikning yo‘qligi.
Zaharning rezorbtiv ta’siri − zahar qonga tushgandan keyin yuzaga
keladigan ta’sir.
Zaharlarning sensibillovchi ta’siri − modda takror ta’sir qilganda
oldingisiga qaraganda kuchliroq toksik samaraning yuzaga kelishi.
Silikoz − silikatlarning nafas olish yo‘llariga tushishi bilan bog‘liq kasallik.
Zaharlarning sinergik ta’siri − zararli komponentlarning zararlovchi
ta’sirni kuchaytirishi.
O‘zaro og‘irlashtirish sindromi − zararli moddalar organizmga bir vaqtda
ta’sir qilganda biologik samaraning qo‘shilishi.
Retseptorlarga moslik − moddaning retseptorlarga tortilishi darajasi: u
zahar-retseptor kompleksi dissotsiatsiyaga teskari miqdor bilan o‘lchanadi.
Sulfgidril (tiolli) zaharlar − organizmda SH-guruhlarni bog‘laydigan
zaharlar.
Teratogen ta’sir − homila rivojlanishining buzilishi.
Toksikologik baholash − zaharlilikni baholash, REK, OBUVni belgilash.
Toksikokinetika − zaharning organizm orqali o‘tishi, shu jumladan,
ularning organizmga tushishi, tarqalishi, metobolizmi va organizmdan chiqarilishi
kinetikasini o‘rganish sohasi.
Ekstrapolatsiya − o‘tkazish, proektirlash, masalan, hayvonlarda olib
borilgan tajribada olingan ma’lumotlarni odam organizmiga nisbatan qo‘llash.
Zaharlar ekskretsiyasi − zaharlarning organizmdan chiqarilishi.
Emfizema − a’zo yoki to‘qimaning havo yoki unda hosil bo‘lgan gaz bilan
kengaytirilishi.
285
Do'stlaringiz bilan baham: |