O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Ish zonasi − ishlovchilar doimiy ishlaydigan yoki vaqtincha bo‘lgan pol  yoki maydon sathidan 2m balandlikdagi zona.  Radiosensebillovchi zaharlar


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Ish zonasi − ishlovchilar doimiy ishlaydigan yoki vaqtincha bo‘lgan pol 
yoki maydon sathidan 2m balandlikdagi zona. 
Radiosensebillovchi zaharlar - radiatsion nurlanishda toksik samarani 
kuchaytiruvchi moddalar. 
Organizm rezistentligi − jarohatlovchi omillarga nisbatan barqarorlik, 
bunday omillarga ta’sirchanlikning yo‘qligi. 
Zaharning rezorbtiv ta’siri − zahar qonga tushgandan keyin yuzaga 
keladigan ta’sir. 
Zaharlarning sensibillovchi ta’siri − modda takror ta’sir qilganda 
oldingisiga qaraganda kuchliroq toksik samaraning yuzaga kelishi. 
Silikoz − silikatlarning nafas olish yo‘llariga tushishi bilan bog‘liq kasallik. 
Zaharlarning sinergik ta’siri − zararli komponentlarning zararlovchi 
ta’sirni kuchaytirishi. 
O‘zaro og‘irlashtirish sindromi − zararli moddalar organizmga bir vaqtda 
ta’sir qilganda biologik samaraning qo‘shilishi. 
Retseptorlarga moslik − moddaning retseptorlarga tortilishi darajasi: u 
zahar-retseptor kompleksi dissotsiatsiyaga teskari miqdor bilan o‘lchanadi. 
Sulfgidril (tiolli) zaharlar − organizmda SH-guruhlarni bog‘laydigan 
zaharlar. 
Teratogen ta’sir − homila rivojlanishining buzilishi. 
Toksikologik baholash − zaharlilikni baholash, REK, OBUVni belgilash. 
Toksikokinetika − zaharning organizm orqali o‘tishi, shu jumladan, 
ularning organizmga tushishi, tarqalishi, metobolizmi va organizmdan chiqarilishi 
kinetikasini o‘rganish sohasi. 
Ekstrapolatsiya − o‘tkazish, proektirlash, masalan, hayvonlarda olib 
borilgan tajribada olingan ma’lumotlarni odam organizmiga nisbatan qo‘llash. 
Zaharlar ekskretsiyasi − zaharlarning organizmdan chiqarilishi. 
Emfizema − a’zo yoki to‘qimaning havo yoki unda hosil bo‘lgan gaz bilan 
kengaytirilishi. 


285 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling