O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2.1. Toksikologiya atamasi
Toksikologiya (grekcha toxicon− zahar va logos − fan), bu tirik organizm va 41 zaharni o‘zaro ta’sir qilish qonunlarini o‘rganuvchi tibbiyotning sohasi hisoblanadi. Boshqa sohalar kabi toksikologiya sohasi ham o‘ziga hos lug‘at boyligiga ega. Noto‘gri talqin etilgan toksikologiya sohasidagi so‘zlar kimyoviy havfni samarali tarzda oldini olishda to‘sqinlik qilishi mumkin. Ayrim semantik masalalar bizning e'tiborimizni talab qiladi. 1. Zahar. Ehtimol bu atama toksikologiya sohasidagi eng dolzarb atama bo‘lib, toksikologiya sohasini o‘rganadigan zararli moddalarni umumlashtiruvchi atama bo‘lib kelgan. “Zahar” so‘zi kundalik hayot davomida tez-tez qo‘llanilgan va qadimdan bu so‘z ommaviylashgani ma’lum. Zamonaviy toksikologiya sohasining otasi Matye Orifla 1813-yil o‘zining mashhur risolalar bobini yozayotib bu atamani qo‘llashni lozim topgan, - “Zahar juda kichik dozada inson sog‘lig‘ini zaiflashtiradi yoki hayotdan ko‘z yumdiradi. Biroq bunga qaramay zahar atamasi zamonaviy toksikokogiyada umumlashtiruvchi atama hisoblanmaydi”. Biroq uzoq vaqtdan buyon ma’lum bo‘lib kelayotgan bu atama zamonaviy toksikologiya sohasida asosiy atamalardan biri hisoblanmaydi, chunki bu atama dunyoda faqatgina kimyoviy moddaning ikki turi ya’ni “zaharli” va “zaharsiz” turlari bor, degan noto‘g‘ri tushunchani hosil qilishi mumkin. Aslini olib qaraganda darhaqiqat “Zaharsiz” deb aytilganda noto‘g‘ri tushuncha paydo bo‘ladi. Paraselsus fikriga qoshilgan holda zamonaviy toksikologiya sohasi har qanday kimyoviy modda ma’lum bir sharoit va omil ta’sirida toksik holatga olib kelishi mumkinligiga urg‘u beradi. (Masalan: juda yuqori miqdorda, hatto osh tuzi yoki ichimlik suvi ham zararli bo‘lishi mumkin). 2. Toksin. Kundalik hayotda nutqimizda tez-tez uchraydigan toksin so‘zini qo‘llashimiz mumkin. Bu so‘z jigar yoki boshqa tizimlarni go‘yoki “tozalay- digan” mahsulotlarni sotuvchi ko‘plab muqobil tibbiyot saytlarida uchraydi. Toksikologiya sohasida bu atamani tirik organizmlardan chiquvchi zararli moddalar uchun qo‘llagan ma’qul (masalan, zaharli dengiz organizmlari, yuqumli patogenlar yoki zaharli o‘rgimchaklar uchun). Sirasini sun’iy kimyoviy moddalar, shu jumladan, ko‘pgina zamonaviy dori vositalari va sanoat kimyoviy moddalri 42 uchun bu atama mos kelmaydi. 3. Ksenobiotik. Toksikologlar tomonidan tez-tez qo‘llaniladigan so‘z ksenobiotik so‘zi hisoblanadi. Bu yunoncha so‘z bo‘lib, “xenos” - notanish ma’nosini anglatadi. Ksenobiotik shu tarzda chet yoki tashqi manbadan tanaga kirgan kimyoviy modda hisoblanadi. Bunday kimyoviy moddalar normal fiziologik jarayonlar davomida tananing ichida endobiotiklardan farq qiladi (masalan, androgenlar, glyuko-kortikoidlar, nevrotransmitterlar va shu kabi bilirubin metabolik chiqindi mahsu-lotlari). Endobiotiklar patologik jarayonlar tufayli shikastlangan to‘qimalar ichida shakllangan toksik kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi. Nazariya nuqtai nazaridan ksenobiotik endogen moddalardan istisno bo‘lgan holda bugungi kunda dunyoda keng tarqalgan minglab sun’iy kimyoviy moddalar, iste’mol mahsulotlari, dori-darmonlar, pestitsidlar, gerbitsidlar va sanoat reagentlarini o‘z ichiga oladi. Ksenobiotik ba’zi keskin ta’sir sharoiti ostida zaharli bo‘lishi mumkin, lekin boshqa sharoitlar ostida zararsiz bo‘lishi mumkin. Misol uchun, tegishli dozalardan vaqti-vaqti bilan foydalanish bilan, ba’zi sun’iy dorilar zararsiz hisoblanadi va shifokor ruxsatisiz uni dorixonalardan sotib olish mumkin. Sun’iy moddalarga qo‘shimcha tarzda ksenobiotik atamasi tabiiy kimyoviy moddalarni ham o‘z ichiga qamrab oladi, ya’ni kishilar iste’mol qiladigan oziq- ovqat mahsulotlari, ichimliklar va o‘simliklardan tayyorlanadigan dori vositalari aslini olib qaralganda bularning ko‘pchiligi kishi salomatligi uchun unchalik zararli emas, garchan ksenobiotiklarning tabiiy kelib chiqishi nihoyatda zararli bo‘lsada. Qoida tariqasida shuni aytish joizki, zamonaviy toksikologiya tabiiy tarzda kelib chiquvchi moddalardan o‘laroq sun’iy moddalar ko‘proq zararli, degan keng tarqalgan g‘oya tarafdori emas. Eng zaharli moddalarning ko‘p qismini tabiiy kelib chiqishi toksikologiya faniga ma’lum. Shunday bo‘lsada, bugungi sanoat jamiyatlarda sun’iy kimyoviy moddalarning keng ko‘lamda ishlatilishi zamonaviy toksikologiya e’tiborini jalb etmoqda. Shu zaylda tabiat juda kuchli bo‘lgan toksinlarni ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan bir paytda kamdan kam hollarda zamonaviy tarzda ishlab chiqarilayotgan sun’iy moddalar bilan mos hajmda 43 emasligi ma’lum. Yana bir omilni olib qarasak, sun’iy tarzda ishlab chiqarilayotgan ksenobiotiklarga bo‘lgan qiziqish katta bo‘lib, buning sababi ularning fizik va kimyoviy hususiyatlaridir. Bugungi kunda inson organizmi ko‘proq sun’iy tarzda ishlab chiqarilgan gayrioddiy kimyoviy hususiyatlarga ega moddalarga moyil bo‘lib, ularda metabolizmga nisbatan chidamlilik shakllanib boradi. Zaharli moddalar tabaqalanganda ko‘p hollarda ular sun’iy toksik moddalar bo‘lib chiqadi. Mahsus aniqlash asboblari inson organizmdagi suyuqlik yoki to‘qimalardagi zararli moddalarni aniqlashda ularning ko‘p qismi sun’iy ekanligini namoyon etadi. Shu tarza biz qachonlardir tabiiy deb o‘ylagan ba’zi kimyoviy moddalar sun’iy ekanligi va ular faqatgina ishlab chiqarish joylarida vujudga kelishini bilamiz, biroq bunday moddalar inson organizmida juda kam miqdorda bo‘lishi aniqlangan. Masalan, akrolein o‘ta zaharli modda hisoblanib karbonil bilan qorishtirilgan holda plastmass va boshqa turli kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. (2.1-rasm). Shu bilan bir qatorda u tabiatni va atrof-muhitni ifloslaniruvchi modda hisoblanadi, organik moddalarni ya’ni tamaki, o‘rmon o‘simliklari va qazib olinuv- chi yoqilg‘ilarni yonishi oqibatida paydo bo‘ladi. Akrolein, shuningdek, oziq-ovqat pishirish jarayonida ham paydo bo‘ladi, oshxona sharoitida havoga ko‘tarilib yuqori havo konsentrasiyalarini keltirib chiqaradi. Bunga qaramay so‘nggi o‘n yilliklar ichida akrolein asosan tashqi omillar oqibatida organizmda paydo bo‘ladi, degan tahminimiz o‘zgardi, u boshqa biologik jarayonlar ta’sirida shakllanadi degan g‘oya yuzaga keldi. Ba’zi olimlar endogen akrolein “Alzgeymer” kabi keksa kishilardagi degenerativ kasalliklni kelib chiqishida ro‘l oynaydi dehan taxminga boradilar. Albatta, bu taxminga to‘laqonli isbot talab etiladi. Biz tashqi yoki ichki manbalar ta’siri ostida ekanligimiz kontseptual muammoni yuzaga keltiradi. Bu esa o‘z navbatida akrolein va ksenobiotik kabi moddalarni tasnif etishimiz lozimligini taqazo etadi. 4. Toksikant (zaharli). Toksikologiya lug‘atida tabiiy va sun’iy kelib chiquvchi zararli kimyoviy moddalarni ifodalashda keng ko‘lamda “toksikant” 44 so‘zi qo‘llaniladi. Bu so‘z kimyoviy moddalar to‘qimalarini turli sharoitlarda, turlicha omillar ta’sirida zararlashi holatlarida qo‘llaniladi, tabiiy yoki sun’iy kelib chiqishidan qat’iy nazar bu atama kundalik hayotda kam qo‘llaniladi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling