O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 2-BOB TOKSIKOLOGIYA SOHASIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR
1.10. Xulosa Ushbu bob zamonaviy toksikologiya sohasining so‘nggi paytlarda qay darajada rivojlanib borayotganini bayon etish bilan birgalikda zaharli modda- lardan xabardorlik inson madaniyatidagi muhim omillardan biri ekanligi hususida so‘z yuritadi. Toksikologiya sohasi bugungi kunda ko‘p kasalliklar sababi va ularni paydo qiluvchi omillarga oydinlik kiritib, kasallikning oldini olishda asosiy poydevor bo‘la oladi deyilsa mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayrim chetlanishlardan qat’iy nazar biz tirik to‘qimalardagi kimyoviy toksik elementlarni o‘rganib borishda davom etamiz. Nazorat savollari 1. Zamonaviy toksikologiya qachon paydo bo‘lgan? 2. Zamonaviy toksikologiyaning ilk namoyondalari haqida ta’rif bering. 3. Sanoat davrida ishlab chiqarich hatarlari nimalarga bog‘liq? 4. Toksikolog olimlarning ilmiy tadqiqotlari haqida tushuncha bering? 5. Zamonaviy toksikologiyaning rivojlanishi qanday ofatlarni olib keldi? 6. Zamonaviy toksikologiyaning turli sohalar bilan hamkorligi aytib bering. 7. Qaysi moddaning ijobiy tarafining ochilishi fanning yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldi? 8. Xalqaro Toksikologiya Ittifioqi qachon tashkil topdi? 9. Zamonaviy toksikologiyaning tadqiqot ishlari ko‘lamini ta’riflang. 10. Global toksikologiyaning jamiyat, klinik, tizim, hujayra va kimyoviy toksikologiyasidagi o‘rni haqida gapirib bering. 40 2-BOB TOKSIKOLOGIYA SOHASIDAGI ASOSIY TUSHUNCHALAR Zamonaviy toksikologiyada ko‘plab farqli atamalar va tushunchalar bilan bir qatorda toksik hodisalarni tushuntirishga qaratilgan harakatlar ham qo‘llaniladi. Birinchidan, toksikologlarga taalluqli bo‘lgan moddalarning turlari uchun mos soyabon atamasi kerak bo‘lganligi sababli, ushbu bobda zahar, toksin, ksenobiyotik, endobiotik va toksik moddalar kabi so‘zlarni o‘rgatadigan lisoniy kamchiliklar o‘rganiladi. Keyinchalik kimyoviy ta’sir qilish vaqtidagi farqlardan kelib chiqadigan toksik moddalarni o‘rganishga yordam beradigan asoratlar, toksik ta’sirlarning sifati aniqlanadi. Kimyoviy ta’sir qilishdan keyin toksisitlikning og‘irligini boshqarishda doza muhimligi, shuningdek, shubhali toksik ta’sirlarga moyil subpopu- lyatsiyalarni bostirishda ayrim omillarning roli bilan bog‘liq. Bir vaqtning o‘zida bir nechta moddaga ta’sir qilishni o‘z ichiga olgan kompleks “real-dunyo” ta’siri kimyoviy vositalar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik ham ko‘rib chiqiladi. Kimyoviy toksiklikka nisbatan individual ta’sirchanlikni shakllantirishda turmush tarzi omillarining ahamiyati, shuningdek, toksik ta’sirlanishdan keyingi toksik- lanishning namoyon bo‘lish vaqti belgilanadi. Zamonaviy toksikologiya vazifsining bayonoti - insonlar va boshqa turlarda kimyoviy moddalar tufayli uchraydigan kasalliklardan ogohlantirish tushunchasini berishi oson jarayondek tuyulsada biror natijaga erishish murakkab ishdir. Ushbu bobda kimyoviy zaharlanishni o‘rganishning mushkullashtiruvchi omillar, ba’zi asosiy tushunchalar va zamonaviy toksikologiyada qo‘llaniladigan ayrim atamalarni ham ko‘rib o‘tildi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling