O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127
3.1-rasm. STMA qisqartmasi tanadagi kimyoviy moddalarning to‘rt asosiy
toksikinetik jarayoni nazoratini ifodalaydi: singish, tarqalish, metabolizm va 
ajralish. 
 


56 
3.1. Singish 
 
STMA qisqartmasidagi «S» tanaga kimyoviy moddalarning singishi 
jarayonini, ya’ni tana ichiga to‘qima to‘siqlari orqali kimyoviy moddalarning 
surilish jarayonini anglatadi. Zaharli moddaning singishi bir qator anatomik 
joylarda sodir bo‘ladi, biroq kundalik hayot davomida uch anatomik joy, ayniqsa, 
zaharli moddalarning singishida muhim rol o‘ynaydi (3.2-rasm). 
3.2-rasm. Toksik moddalar asosan uch yo‘l orqali organizmga kirib boradi, o‘pka 
orqali nafas olib, havodagi zarralar va zaharli moddalarni yutish orqali, oshqozon-
ichak yo‘liga og‘iz boshlig‘i orqali oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish orqali 
va teriga toksik moddalarning singishi orqali. Kasbiy kimyoviy moddalar ta’sirida 
o‘pka orqali nafas olish va teri orqali singish muhim ahamiyat kasb etadi, dori 
vositalarida va mahsulotlarga qoshiladigan komponentlarda esa og‘iz boshlig‘i 
ahamiyatga ega.
Kimyoviy moddalar, gazlar va havodagi kichik zarrachalar (masalan, tutun) 
uchun o‘pka tomonidan nafas olishda o‘pka muhim rol o‘ynaydi. O‘pka nafas 
olish yo‘li orqali kasbga oid kimyoviy moddalar tanaga singib kiradi; Odatda, bir 
ishchi navbatdagi 8 soat ish kuni davomida havo orqali 10 kub havo yutadi. O‘pka 
to‘qimasining biologik tuzilishi qonning tez oksidlanishiga olib keladi, o‘pkada 


57 
anatomik to‘siqlar mavjud emasligi bois havodagi kimyoviy moddalar va zarralar 
organizmga tez singib boradi. Bundan farqli ravishda teri himoya qatlamiga ega 
bo‘lib, kimyoviy moddalarning surilishiga to‘sqinlik qiladi. Teri orqali tanaga 
singib kirib ichki organlarga salbiy ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar ayniqsa ish 
joylarida shakllanadi, ya’ni ishchilar ma’lum bir sohada muntazam ravishda 
ma’lum bir kimyoviy moddalarga ishlov berishlari alohida ahamiyatga ega 
(masalan, muntazam ravishda bo‘yoqchilar va rassomlar purkagichlar yordamida 
bo‘yoq vositalaridan foydalanishi). Bunday ishchilar tez-tez (masalan bug‘lar va 
havodagi moddalardan) nafas oladilar, oziq-ovqat manbalaridan va suv orqali ham 
zararli moddalar ular organizmiga kirib boradi, teriga zararli moddalarning 
sachrashi yoki to‘kilish holatlari ro‘y berib turishi mumkin. 
Zaharlanish terining ochiq yerlariga kimyoviy moddalar sachrashi yoki 
to‘kilishi, ayrim hollarda barmoq va kaft orqali ehtiyotsiz harakat qilinishi orqali 
ham sodir bo‘ladi. Bu turdagi zaharlanish ko‘pincha qishloq-ho‘jalik ishlari bilan 
band bo‘lgan va doimiy ravishda pestitsidlar bilan ish olib boruvchi kishilarda 
uchraydi. Sezilarli ravishda teri orqali zaharlanish mevali daraxtlar va o‘simlik-
larga, uzumzorlarga kimyoviy moddalar sepilganda va himoya tarzida yuz, qo‘l
kremlari va losyonlari surtilganda sodir bo‘ladi. 
So‘nggi o‘n yilliklarda farmatsevtika sanoati va ilmiy izlanish muassasalari 
hodimlarining say’i harakatlari tufayli bir qator tadqiqot ishlari olib borilib, dori 
vositalarining oshqozon-ichak yo‘li orqali singishi borasida ko‘plab ma’lumotlarga 
ega bo‘lindi. Tadqiqot ishlari natijasida zaharli moddalar yuqori oshqozon-ichak 
trakti orqali singishi aniqlandi. Yuqori oshqozon-ichak yo‘llari muhim qon oqimi 
kanali bilan ham bog‘liq.
10
O‘pka, oshqozon-ichak va teri orqali zaharlanishga qo‘shimcha tarzda zahar-
lanish qon tomirlari va burun, quloq va ko‘zga dori vositalari yuborilganda ham 
sodir bo‘lishi ta’kidlanishi lozim.
Singib kirgan kimyoviy moddalar sifatlari. Toksikokinetika aslida inson 
10
Smith DA, et al. Pharmacokinetics and metobolism in drug design. Weinheim: Wiley-VCH; 2012. 


58 
tanasidagi suyuqlik bilan to‘la bir qator membrana to‘siqlarini o‘rganadi.
11
Membrana to‘siqlar nafaqat hujayralarni va to‘qimalarni o‘rab turuvchi fosfolipid 
bi-qatlamlarni, shuningdek, mitohondri kabi ichki hujayra bo‘limlarni, 
endoplazmik qatqorin va Golgi apparatini ham o‘z ichiga oladi. Membrana bi-
qatlami ichida fosfolipidlar shunday joylashganki unda qutbiy ionlashgan bosh 
suvli bo‘lim tomonga yo‘naltirilgan, gidrokarbon dum esa gidrofob yadro tomon 
yo‘nalgan. Bunday biologik jihatlar bir necha fizik omillar orqali kimyoviy 
moddalar bilan singishga tayyorligini nazorat qiladi (3.3-rasm).
Hajm. Molekula hajmi yoki vazni uning tanaga singishiga katta ta’sir etadi. 
Yaxhi singigan kimyoviy moddalar odatda unchalik katta hajmda bo‘lmaydi. 
Molekula tashuvchi oqim uchun substrat hisoblanadi. Molekula biologik ta’sir va 
zaharli hujayra ichidagi atrof-muhit uchun substrat hisoblanadi. Molekula 
membranaga kirishga kattalik qiladi. Molekula lipid membranasiga kirishda 
gidrofil bo‘ladi. Molekula lipid membranasiga kirganda hajm muvozanati, 
lipofillik va iyonlashuvga ega bo‘ladi. Kichik molekulalar suv to‘la kanallar orqali 
to‘qimalarga kirib boradi. 
Singib kirishni oldindan bashorat etish.Zaharlanishni baholashda membrana 
ksenobiotiklarni singib kirishini oldindan aytib bera olish qobiliyati juda muhim. 
Bu ayniqsa dorining og‘iz orqali singi-shida muhim, chunki, dori-darmon bilan ish 
olib boruvchi kimyogarlar membranalarni singib kirishini bashorat qila oladigan 
vositalari keng ko‘lamda ishlab chiqdi. 
LogP. Kimyoviy moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari “moy-suv” 
yoki “oktanol tarqalish koeffisiyenti-suv” yordamida baholanadi. Qisqacha 
aytganda, qiziqish uyg‘otayotgan moddani teng hajmda suv bilan to‘ldirilgan suvli 
idishga solinadi, idishda suv va suvga aralashmaydigan organik suyuqlik ya’ni
n-oktanol yoki biotik lipid yoki o‘simlik yog‘i ham bo‘ladi. Idishni mahkam 
berkitib yuqorida qayd etilgan moddalar aralashib ketgunga qadar qattiq 
chayqatiladi. Organik eruvchi modda suvchalik zich bo‘lmaganligi bois yuqoriga 
11
Birkett DJ. Pharmakokinetiks made easy. Deakin: Australian Preskriber; 2009. 


59 
ko‘tarilib yuza qatlamni hosil qiladi (rasm 3.4). Ikki qatlamdagi zaharli moddalar 
aralashmasi – tarqalish koeffitsenti kimyoviy moddalarning qanday yo‘l bilan 
biologik membrana bo‘ylab singishini ko‘rsatib beradi. Bu qiymat odatda 10 
logorifm asosida namoyon bo‘ladi (ya’ni LogP).

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling