O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
2.4. Ta’sir kuchi Bizning birinchi bo‘limda tanishib o‘tgan tarixiy tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatdiki, zaharlanish holati uning salbiy oqibatlarini anglash, dozasini bilish Sokrat davridan buyon davom etib kelmoqda. Minglab tadqiqot ishlari zamonaviy toksikologlar tomonidan ham olib borilib buni asosli ekanligini isbotlab berdi. Zaharlanish saraton induktsiyasini, gepatoksiklikni, neyrotoksiklikni yoki teri toshmasini keltirib chiqarishida kimyoviy moddaning qay darajada kuchli ekanligi emas, balki shaxs uni qanday miqdorda is’temol qilganligi muhimligi ko‘rsatib otiladi. Doza bu ma’lum bir shaxs tomonidan qabul qilingan miqdor bo‘lib, massa milligram yoki mikromol deb o‘lchanadi. Bu ko‘p hollarda ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi. 2.5. O‘ziga xos bo‘lgan toksiklik (zaharlanish) Oziga xos bo‘lgan toksiklik qachonki inson kamdan-kam va kutilmagan hollarda ma’lum bir toksik moddaga yoki bir qator kimyoviy moddalar guruhiga nisbatan zaiflikni namoyish etsa sodir bo‘ladi. Bu atama bir necha yunon so‘z- laridan tashkil topgan bo‘lib shaxsning jismoniy tuzilishini ifodalaydi. Farmakologik vositalar bunday jiddiy idiyosinkratik holatlarga kamdan-kam hollarda sabab bo‘ladi? Ya’ni har 1000 tadan 1 kishida yoki har 10000 tadan 1000 kishida uchraydi. Bu holatni laboratoriya sharoitida o‘rganish va hayvonlarda 49 tajriba o‘tkazish orqali o‘rganish qiyinchilik tug‘diradi. O‘tgan vaqt mobaynida bunday holatga moyillik ko‘rsatgan shaxslar holati o‘rganilishi shuni ko‘rsatganki, bu holat ham yuqori doza ham past doza ta’sirida vujudga kelishi mumkin 7 . AQSH va Shvetsiyada belgilangan dori vositalari orqali idiyosinkratik holatni o‘rganish natijasida Lammert tomonidan izlanish ishlari 2008-yil nashr etildi. Izlanish shuni ko‘rsatdiki, o‘ziga hos bo‘lgan zaharlanish holati doza miqdoriga bog‘liq, biroq bu kunlik doza dori vositasining kg\10 mg miqdori bilan bog‘liq emas. Idiyosinkratik sezuvchanlik bazida shaxslarda fermentlarning o‘zgarishi oqibatida sodir bo‘ladi, ya’ni ular tanasi yetarlicha zaharli moddalarni tanadan chiqarib yuborolmaydi. Ba’zi etnik guruhlarda genlarning mutantlashuvi shunchalik keng tarqalganki, bu shifokorlar qarorlariga ta’sir etadi. Bunga misol tariqasida sil kasalligiga dori vositasi bo‘lgan isoniazid 1 % bemorlarning jigariga ziyon yetkazadi. 1. Allergik zaharlanish. Zaharli moddalarga nisbatan o‘ta sezuvchanlik immun tizimining kseno-biotik faollashuvi oqibatida yuzaga keladi. Bunday holatlar juda kam bo‘lsada, ayrim kimyoviy modda turlari jiddiy va hayotga tahdidli bo‘lib allergiyani qozg‘atishi ma’lum. Klinik tibbiyot doirasida penitsillin antibiotiki sezuvchanlik yuqori bo‘lgan kishilarda allergiya’ni qozg‘aydi. Gap shundaki, odatda, bu dori vositasining allergiyani qo‘zg‘ashi uning farmokologik hususiyatlariga bog‘liq emas. Shunday ekan, ularning kimyoviy xususiyatlari har qanday ichki biologik harakatlardan ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega. Immun tizimi aksariyat holatlarda mikrob va oqsil toksinlariga qarshi ishlaydi. 2002-yilda leykotsit antigen ahamiyatini aniqlash bo‘yiсha olib borilgan samarali tadqiqot ishlari kam uchraydigan zaharli alomatlarni aniqlashda katta hissa qoshdi. Kuchli ta’sirga ega bo‘lgan antiretrovirus dori vositasi bo‘lgan abakavir ko‘pgina bemorlarda toshma, ko‘ngil aynishi va boshqa allergik alomatlarga sabab bo‘ladi. Dori tufayli yuzaga keluvchi allergik holatlarni klinik sharoitda o‘rganish bugungi kunda muhim sanalib bunday kuzatish ishlarini olib borishda zaharli metallar, 7 Klassen KD. Kasarett and Doull’s toxicology: the basic science of poisons. 8th ed. New York: MkGraw-Hill Professional; 2013. 50 sun’iy kimyoviy moddalar va tevarak atrofni ifloslantiruvchi omillarning o‘rganilishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling