O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1.6. Global toksikologiya Toksikologiya’ning o‘sishi, shuningdek, xalqaro darajada tadqiqot ishlarini olib borilishiga turtki bo‘lib, turli jamiyatlar toksikologiya markazlari o‘rtasidagi hamkorlik 1980-yilda Xalqaro Toksikologiya Ittifoqini yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi, ishlab chiqarish va qishloq xo‘jaligi ishlarida ishlab chiqarishlarning kengaytirish hisobiga kimyoviy xavfning ortib borilishi hususidagi muammolarni dunyo miqyosida yechimini topishga yordam berdi, buning uchun toksikologiya bo‘yiсha bilimni oshirish zarurligi anglab yetildi. XX asr oxirlarida, Osiyo iqtisodiyotida sanoat va ishlab chiqarishning osib borishi Yaponiya, Koreya, Tayvan va boshqa osiyo davlatlarida toksikologiya’ni chuqur o‘rganilishi va kasb-hunar salomatligiga bo‘lgan e’tiborni rag‘bat- lantirishga yordam berdi. Bu mamlakatlarda ishchilar sog‘lig‘ini himoya qilish uchun asosiy qonun tashabbuslari, 1973-yilda Yaponiya Kimyoviy moddalar nazorati Qonunining bajarilishini, 1991-yilda Koreya zaharli kimyoviy moddalar nazorati akti va 2010-yilda Xitoy yangi-kimyoviy moddalar nazorati borasida ekologik ma'muriyati Nizomi kiritilishini qamrab oldi. Kelgusi o‘n yil ichida Koreya Toksikologiya Jamiyati, Xitoy Toksikologiya Jamiyati va Tayvan Toksikologiya Jamiyatlarining toksikologiya bo‘yiсha tadqiqot izlanish ishlari sifati o‘sib borishi toksikologiya tadqiqot ishlarini kengayib, g‘arb mamlakatlaridan boshqa davlatlarda ham keng ko‘lamda olib borilishiga sabab bo‘ldi. Janubiy Afrika Toksikologiya Jamiyati (2001) va Toksikologik fanlar uchun Kamerun Jamiyati (2006) kabi guruhlarning paydo bo‘lishi bunga yaqqol dalil bo‘la oladi. Bunday tendentsiyalarga muvofiq, yirik xalqaro toksikologiya konferensiyalari ishtirokchilari oshib borayotgan etnik va gender xilma-xillikni namoyish etdilar. XX asr oxirlariga kelib “mintaqa toksikologiya 31 bloki” shakllanishi tendentsiyasi milliy jamiyatlar xalqaro bir miqyosda hamkorlik etishlari zarurligini anglashni tezlashtirdi. 1989 yilda Yevropa toksikologlari va Evropa toksikologiyasi jamiyatlari federatsiyasi - turli Evropa mamlakatlarida toksikologiya jamiyatlarini birlashtirish maqsadida tashkil etildi. Yevropa toksikologlari va Evropa toksikologiyasi jamiyatlari federatsiya- sining kelib chiqish ildizlari Tsyurix shahridagi dori vositalarining toksik holatini o‘rganuvchi Evropa hamjamiyatiga borib taqaladi. 1989-yilda Berlin devori qulaganidan song, Yevropa toksikologlari va Evropa toksikologiyasi jamiyatlari federatsiyasi tobora bir necha sobiq Sharqiy blokdagi xalqlar jamiyatiga kirib bordi. Bugungi kunda, Yevropa toksikologlari va Evropa toksikologiyasi jamiyatlari federatsiyasiga 33 davlat kiritilgan bo‘lib, 5000 dan ortiq a'zoga ega. Lotin Amerika toksikologiya uyushmasi rasman 1998-yilda tashkil etilgan bo‘lsa, 1994-yilda Osiyo Toksikologiya Jamiyati rasman tashkil etildi: Yevropadagi qo‘rg‘oshin ofatidan so‘ng toksikologiya jamiyatlari boshqa joylardagi jamiyatlar bilan hamkorlik jarayonini boshladi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling