O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
1.5-rasm. AQSHda spirtli ichimliklarni sohtalashtirish 1930-yillarda Amerika
aholisi o‘rtasida pereferik nevropatiya epidemiyasini kuchayishiga sabab bo‘ldi. Bugungi kunda butun dunyo bo‘ylab ushbu dori vositasiga hukumat tomonidan taqiq qoyilgan. Ehtimol bu dori vositasi sababli 40% yoki taxminan shu ko‘rsatkich atrofida ilk hayot davomida godaklar qurbon bo‘lgan, talidomiddan aziyat chekkanlar sonini aniqlash ancha mushkul, biroq chamasi 10000 qurbon deb taxmin etiladi. Dori vositasi taqiqlangandan so‘ng bunday ayanchli holatni oldi olindi, biroq bu ofat bilan yuzma-yuz kelgan oilalar qalbidagi og‘riq bir umrga qoldi. 27 1.5. Fanning yuzaga kelishi Talidomidning ijobiy tarafi toksikologiya fanining yuzaga kelishi va rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin. Talidomid ofat cho‘qqisi dunyodagi eng katta toksikologiya tashkilotlaridan birining yaratilishiga sabab bo‘ldi. Toksikologiya jamiyati (SOT), 1962-yilning aprel oyida Atlantika shahrida birin- chi anjumanni o‘tkazdi. Asosiy maqsad universitetlar tizimli ravishda toksiko- logiya bilan bog‘liq bo‘lgan oquv dasturini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, zaharlanish holatlari ustida ilmiy izlanish ishlarini olib borilishini tadbiq etish edi. O‘n yil o‘tib huddi shunday jamiyat Britaniyada ham paydo bo‘ldi va keyinchalik Britaniya toksikologiya jamiyati deb nomlandi. 1960-1970-yillarda bir qator oynomalar tashkil etildi va zaharlanish holatlari bo‘yiсha tadqiqot ishlarini yoritib bordi. 1988-yilga kelib toksikologik holatlardagi kimyoviy asosga nisbatan ortib borayotgan qiziqish sababli, dunyodagi eng katta ilmiy tashkilot Amerika Kimyo Jamiyati ahamiyatli ravishda yangi bo‘lgan oynomani yaratishiga turtki bo‘ldi, oynoma toksikologiyadagi kimyoviy tadqiqot ishlarini yorita boshladi. Toksikologiya - mavzusiga oid jurnallar soni osib borishi kimyoviy moddalar ta’sirida kelib chiqgan kasalliklar bo‘yiсha tadqiqot ishlari olib borilishini qollab- quvvatlash uchun davlat va xususiy moliyalashtirish tizimini o‘sishida aks etdi. AQShda, inson salomatligiga xavf solayotgan omillarni baholashga ajratilgan federal sarmoya’ning kengaytirilishi, zamonaviy toksikologiya fani bo‘yicha tadqiqotlarni yanada o‘sishiga yordam berdi. 1978-yilda Jozef A. Kalifano, hozirgi kunda Sog‘liqni saqlash va inson xizmatlari departamenti kotibi, Milliy Toksilogiya Dasturi (MTD) tuzishga hissa qoshib, oliy oquv yurtlari va toksikologiya tadqiqot tekshiruv muassasalarida tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun federal moliyalashtirishni AQSH bo‘ylab va horijiy davlatlarda boshqardi. Bundan tashqari Milliy Toksilogiya Dasturi 1966-yil Shimoliy KARolinada tashkil etilgan Ekologik Fanlar Milliy Instituti tomonidan nazorat qilina boshladi. Tez orada Merilandda joylashgan Ekologik Fanlar Milliy Instituti toksiko- 28 logiya boyicha tadqiqot ishlari uchun etakchi xalqaro markaziga aylandi. Markazning vazifasi insonlarda kasalliklarning rivojlanishi va omillarning ta'sirini o‘rganish, insonlarda kasallikni oldini olish va nogironlik yukini kamaytirish edi. Shuningdek, toksikologiya bo‘yiсha yirik yutuqlar boshqa tadqiqot institutlari kashshoflari Bernard Brodie va Yuliy Axelrod boshchiligidagi va keyinchalik J.R Mitchell, D Jollov va J.R Gillette kabi tadqiqotchilar tomonidan davom ettirildi. Bu tadqiqot jamoalari tomonidan kiritilgan inqilobiy o‘zgarishlar kimyoviy zaharlanishni baholashda yordam berdi. 1970-yillarning boshida yana bir muhim voqea sodir bo‘ldi, Arkanzas shtatining Jefferson okrugida Toksikologik Tadqiqotlar Milliy Markazi tashkil etildi. Bu markaz bugungi kunda dunyodagi eng yirik farmatsevtik boshqaruv organi bo‘lgan AQSh Oziq-ovqat va Farmatsevtika Idorasi bo‘lib qolmoqda. 1969-yilda, Vetnam urushida AQSh tomonidan qo‘llanilgan defoliant kimyoviy moddasi jamoatchilikni tashvishga soldi, Prezident Nikson bunday harbiy tadqiqotlarni ma’n etdi, oqibatda Pine Bluff operatsiyasi ortga surildi. Turli kimyoviy ishlab chiqarish kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik 1974-yilda Toksikologiya Kimyo Sanoati Institutini yuzaga kelishida ahamiyat kasb etdi va keyinchalik bu institut Hamner Tibbiy Fanlari Institutiga aylandi (2007). Bu davr ham zaharlanish hodisalarni o‘rganish bo‘yiсha izlanishga bag‘ishlangan kuchli tadqiqot markazlarining tashkil etilishiga zamin yaratdi, etakchi oliy oquv yurtlari ichida toksikologiya boyicha markazlar ochilishiga guvoh bo‘ldi. Yevropaning eng nufuzli tibbiyot oliy oquv yurtlarining birida, Shvetsiya shahrida KARolinsk Instituti ochildi va zaharli sindromlar mexanizmlarini ochib berishda muhim rol o‘ynadi. Buyuk Britaniya universitetlari Liverpul, Lester, Surrey va boshqalar fanning yo‘lga qo‘yilishiga yordam berdi, AQSHda molekulyar toksikologiyasi kabi markazlar Kanzas shtatining Vinderbilt universitetida yangi avlodga toksikologiya bo‘yiсha dasturni yangi tadqiqotlar asosida o‘zlashtirishlariga ko‘maklashdi. Yigirmanchi asr oxiriga kelib biologiya va informatikada bo‘layotgan jadal o‘zgarishlar toksikologiya va u bilan bog‘liq havfni baholashni ilgari surilishiga 29 turki bo‘ldi. Bu asrda toksik moddalarni tarkibini aniqlashda qo‘llaniladigan instrumentlar yuzaga keldi va skriningga imkon beruvchi tarkibiy biologiya ahamiyat kasb etdi. Bunday hodisalar zaharlanish bo‘yiсha tadqiqot ishlarini olib borishda sut emizuvchilar, mollyuskalar va qurtlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi. Evropa Ittifoqi doirasida bu kabi tendentsiyalar sun’iy kimyoviy moddalardan doimiy ravishda foydalanishni nazorat etuvchi yangi qonun qoidalarni kiritish orqali amalga oshiridi; bularni qayd etish, baholash, kimyoviy moddalarni ma’n etish va ularga ruhsat berish bilan bog‘liq edi. Xelsinki, Finlyandiyadagi Evropa Kimyo Agentligi nazorati ostida amalga oshirilgan muqobil testlar targ‘ib qilib kelinmoqda. AQSh doirasida tadqiqot va taraqqiyot idorasi virtual va muqobil test yondashuvlarni rivojlantirish maqsadida shunga o‘xshash tashabbuslarni yaratdi.AQSh doirasida tadqiqot va taraqqiyot idorasi qollab-quvvatlashi tufayli Shimoliy Karolina universiteti qoshidagi Toksikologiya Markazi bu sohada faoliyat markaziga aylandi. Toksikologiyaning yanada o‘sishi zamonaviy sanoat va qishloq xojaligida sintetik kimyoviy moddalardan foydalanishda atrof-muhitga bo‘lgan ta'sirni yaqindan o‘rganishga bo‘lgan talab zarur ekanligini anglash bilan bog‘liq bo‘ldi. 1962-yilda Rachel Karson tomonidan nashr etilgan Sukunatga cho‘mgan Bahor nomli nashrida tabiatni zaharlanishidagi sanoatdagi ishlab chiqarishga e’tiborni qaratish kerakligi hususida ogohlantirdi. XX asr o‘rtalarida Yaponiyada yuzaga kelgan dahshatli Minamata Bog‘i ozidagi kimyoviy zavod tufayli sodir bo‘lgan ofat oqova suvni zaharlashi bilan minglab insonlar va jonzotlar sog‘lig‘iga ziyon yetkazdi. Biroz vaqt otib,1976-yil Shimoliy Italiya, Servesodagi kimyo-sanoat zavodida sodir bo‘lgan halokat sababli atmosferaga katta hajmda dioksin moddasi chiqib ketib, keng ko‘lamdagi jamoatchilik e’tiborini oziga jalb etdi. Minamatadan farqli o‘laroq, Serveso sanoat ishlab chiqarish zavodi aholi yashash punktlaridan geografik omillarni hisobga olgan holda uzoqda qurilgan bo‘lsada jamoat havotiri kuchayib, e’tibor muhim omillarni hisobga olish zarurligiga qaratildi. AQShda uy-joy qurilish maskanlari hususida munozaralar 1970-yillar oxirida boshlandi. Toksikologiya hamjamiyati doirasida bu kabi 30 muammolar ekologik toksikologiya sohasida globallashuv va sanoatlashtirish tufayli atrof-muhitga bo‘lgan ta'siri bilan bog‘liq masalalar bilan bog‘liq oynoma- lar yaratilishiga sabab bo‘ldi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling