O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
3. Talidomid. XX asrning eng talofatli toksikologik ofatlari Ginger Jake va
sulfanilamide eleksiri bo‘lib, epidemiyalar global miqyosda bo‘ldi. 1550-yilarda 23 rivojlangan dunyo bo‘ylab jamiyatlarda, ikkinchi jahon urushida omon qolganlar zamonaviy -ijtimoiy rivojlanishdagi ijtimoiy va texnologik o‘zgarishlar bilan kurashdilar. Shifokorlar bemorlarga uyqusizlik va stress bilan bog‘liq belgilarni yengib o‘tishlari uchun barbiturate tranquilisers yoza boshladilar: 1955-yilning o‘zida, AQSh farmatsevtika sanoati mamlakatdagi har bir erkak, ayol va bo‘la uchun 26 barbiturat tabletkalarni ishlab chiqardi. Biroq barbiturate tabletkalari uyqusizlik muammosi uchun yaxshi yechim bo‘la olmadi, nemis Chemie Grunenthal kompaniyasi yangi gipnosedativ – talidomid ishlab chiqara boshlagach va homiladorlik davrida hech qanday ziyon yetmaydi, tarkibida hech qanday toksik moddalar yo‘q deb tasdiqlay boshlaganida muammoning yechimi topilishiga umid uyg‘ondi. So‘nggi tasdiq shubhali chunki homilador hayvonlarda o‘tkazilgan tajriba dalillari yoki talidomidni sinovdan o‘tkazgan kishilar dalillari yo‘q. Talidomid tez orada o‘sha davrda unchalik jiddiy qaralmagan davlat standartlari tasdig‘i ostida farmakologik va toksikologik hususiyatlarni hisobga olmagan holda Evropa va Britaniya hamdo‘stligi bo‘ylab sotuvga chiqdi. Ommaviy reklama tashviqot ishlari tufayli tez orada talidomid havfsiz dori sifatida shuxrat qozondi va sotilish bo‘yiсha etakchi ko‘rsatkichga erishdi, ba’zi bir davlat-lardagina aspirin dorisidan keyingi o‘rinda edi. Talidomid ayniqsa uyqusizlik, ertalabki kongil aynishi va qayd qilishdan aziyat chekayotgan homilador ayo‘llar va keksalar orasida mashxur edi. 3 1950-yillarning oxiriga kelib talidomid avval reklama qilingan dori- darmonlardan ko‘ra zararliroq degan fikrlar paydo bo‘la boshladi. Masalan, uzoq muddat undan foydalangan kishilar neyrotoksik sindromni ishlab chiqdilar va avval Ginger Jake dan zarar ko‘rgan kishilardagi muammolarni eslatuvchi dalillarni namoyon etdilar: bemorlar oyoqlarining yuqori va pastki qismlarida noxush jimirlash bo‘lishini, ba’zida qotib qolish holatlarini, mushaklari falaj holatiga tushib qolayotgani va yurish mushkullashayotganini ma’lum qildilar. 1960-yillar oxiri va 1961-yillar boshida turli tibbiy jurnallarda ma’lum bir 3 Stephens T, Brynner R. Dark remedy: the impact of thalidomide and its revival as a vital medicine. New York: Basic Books; 2005. 24 bemorlarning holatidagi yuqorida qayd etilgan sindromlarni ko‘rsatib beruvchi bir qator ilmiy maqolalar nashr etildi. Natijada, Germaniya va Buyuk Britaniyada ba'zi shifoxonalarda talidomiddan foydalanishni cheklash boshlandi.Atlantika ortida, Kinkinnati Richardson-Merrell kompaniyasining o‘ta talabchan vakili dok- tor Frankes Kelsi AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) arizani tasdiq- lashda davom etish bo‘yiсha rasmiy bosim o‘tkazdi. Farmakolog va shifokor Frankes Chikago universitetida bir tadqiqot izlanuvchisi sifatida "sulfanilamide eliksir" epidemiyasida dietilenglikol bo‘lganligini aniqlashga yordam berdi. Frankes va uning atrofidagi hamkasabalari farmakologik vositani juda sinchkovlik bilan tekshirish zarurati borligini anglab yetdilar. Doktor Kelsi va hamkasabalari Richardson-Merrell kompaniyasi hayvonlarda tajriba o‘tkazilib taqdim etgan marketing failida yetarlicha ma’lumot yo‘q ekanligidan havotirga tushdilar. Bundan tashqari, British Medikal Journalining (Britaniya Tibbiyot Jurnali) 1960-yil dekabr sonida nashr etilgan periferik neirotoksik holatida talidomidning ta’siri borligi yoritilgan maqola doktor Kelsining e’toborini tortdi va Richardson-Merrell bilan muzoKARalar davomida o‘z fikrida mahkam turishga undadi. Doktor Kelsining talidomidni bekor qilish uchun olib borgan jasur kurashi qandaydir bir ma’noda AQSH fuqarolarini fojeadan saqlab qoldi va President J.F.Kennedi uni ko‘krak nishoni bilan taqdirladi. Shunisi ajablanarliki, talidomid preparati doktor Kelsiga “oddiy dori vositasi” sifatida ilmiy izlanish olib borish maqsadida topshirilgan edi. AQSH aholisiga omad kulib boqib, doktor o‘zining birinchi ilmiy izlanish vazifasiga jiddiylik bilan yondoshdi. Planetaning boshqa bir burchagi, Sidneydagi ayyollar shifohonasida yosh akusher bo‘lib ishlaydigan Vilyam Mk Braidning e’tiborini 1960-yilda nashr etilgan periferik nevritda talidomidning ta’siri yoritilgan xat tortdi. Mahalliy britaniya kompaniyasining savdo vakili Distillers Ko tomonidan tarqatiladigan, litsenziyaga ega bo‘lgan talidomid preparati butun Britaniya hamdo‘stligi bo‘ylab tarqatilar edi, Mk Braid talidomidni homilador ayolga ichish uchun belgilab uning asoratlaridan hayratga tushdi. Ona sog‘lom farzandni dunyoga keltirganiga qaramasdan, tug‘uruq jarayonida yuz bergan bir 25 qator qiyinchiliklar unda xavotirni kuchaytirdi, bu holat u talidomid ichishni belgilagan boshqa uch ayolning ham tug‘uruq jarayonida takrorlandi. Barcha tug‘ilgan uch chaqaloqlar bir yil ichida vafot etgan, chaqaloqlarda oshqozon-ichak, shu jumladan, ichki tana organlari doirasida nuqsonlar qayd etilgan, elka - qol suyaklari yetarli ravishda uzun emasligi ko‘rsatilgan. Mk Braid zudlik bilan Distillers kompaniyasiga bu haqda habar bergan, biror ular tomonidan hech bir qiziqish bo‘lmagach, shifoxona dorixonasi javonlaridan talidomidni olib tashlashga ko‘ndirdi. Oz shubhasini tasdiqlash maqsadida doktor Mk Bride talidomid bo‘yiсha homilador sichqon va kalamushlarda tadqiqot ishlarini olib bordi. Tabiatning bir g‘alati tasodifi bois, bu ikki kemiruvchi turlarining avlodlari 1961-yilning qish faslida hech bir nuqsonsiz dunyoga keldi, doktor Mk Bride va uning kichik jamoasi uchun bu qattiq zarba bo‘ldi. Ammo sentyabr oyida, Sidney klinikasida ikki chaqaloqning nuqson va qiyinchiliklar bilan tug‘ilishi talidomid- ning zararli ekanini isbotladi. Lanset nashrining 1961-yil dekabr sonida chop etilgan maktub Avstraliya ommaviy axborot vositalari, shuningdek, xalqaro tibbiyot hamjamiyatida doktor Mk Brideni yuqori muvaffaqiyat qozonishiga sabab bo‘ldi. Garchan doktor Mk Bride shuhratiga yana bir dori vositasi Debendox bo‘yiсha bahsda putur yetgan bo‘lsada u butun dunyoda tug‘ilgan godaklardagi nuqsonlar va falaj asoratlari talidomid dori vositasi tufayli ekanini isbotlab berishi orqali hurmatga loyiqdir. Ayni paytda Germaniya ham fat markaziga aylanib borayotgan mahalda, boshqa bir hushyor shifokor - doktor Vidukind Lenz - Talidomid o‘z mamlakatida tug‘ilgan chaqaloqlar orasida shiddatli o‘lat nuqsonlariga sabab bo‘layotgani hususidagi gumonlarini ilgari surdi. Shu yilda bo‘lalar klinikalarida - chaqaloqlar yuqori yoki pastki oyoqlarda oziga xos nuqsonlar ya’ni cho‘loqlik bilan dunyoga kela boshladilar – mana shunday godaklardan birining otasi bo‘lgan Karl Schulte- Hillen advokat sifatida bundan qattiq ta’sirlanishi oqibatida doktor Lenz fokomelia bilan bog‘liq bunday baxtsiz hodisalarni batafsil ravishda Gamburg klinikasida o‘rgana boshladi. U olib borgan tadqiqot ishlari natijasidan dahshatga tushdi, ahvol oldinga nisbatan ancha ayanchli edi, o‘n yilliklar ichida salbiy ta’sir 26 bo‘lalarda sezilarli darajada o‘sgan so‘nggi paytlarda esa juda tez-tez yuz berganligi aniqlandi. Bir necha nemis gazetalarida Lenz va Schulte-Hillen dorining salbiy ta’sirini bayon etdilar, bir qator oilalardagi onalar bilan suhbatlashib, barcha hollarda umumiy salbiy omil sifatida talidomid aniqlandi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling