O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta mahsus ta'limi vazirligi
Baholash natijalarini qayd qilish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Ishchi dastur 2020-2021.Biokimyo b3606856a0a663554d628c29b761315d
- Bu sahifa navigatsiya:
- “o‘zlashtirdi”
Baholash natijalarini qayd qilish.
1.Talabalar bilimini baholash Biokimyo fan bo‘yicha professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini baholash yozma ish shakldida o‘tkazilgan bo‘lsa, bunda professor-o‘qituvchi talabalarning natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim. 2. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 3. Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yiladi. 4. Jurnal tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi, kafedra mudiri va fakultet dekani tomonidan imzolanadi hamda fakultet dekanatida saqlanadi. Jurnalning saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul hisoblanadi. 5. Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari Jurnalga qayd etilganda, shu kunning o‘zida talabaning baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak. Biokimyo fani tugallangandan so‘ng talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning o‘rtacha arifmetik qiymatidan kelib chiqadi va butun sonlarda ifodalanadi. Bunda talaba har bir nazorat turidan kamida 3 “qoniqarli” baho olishi lozim. O‘quv rejasiga asosan Biokimyo fani I-II- semestrlarda o‘qitiladigan fan bo‘lganligi uchun, tugallanmagan semestr bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish natijasi baholash daftari (zachyotka)ga “o‘zlashtirdi” deb qayd etiladi. Semestr yakuniga ko‘ra tugallanmagan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 6. Yakuniy nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan yoki Jurnalga “0” belgisi yozib qo‘yilgan hollarda ushbu baho yoki belgi talabaning Baholash daftariga yozilmaydi. 7. Biokimyo fani bo‘yicha gurux Jurnalning o‘z vaqtida, to‘g‘ri va to‘liq yuritilishi, shuningdek undagi baho va boshqa ma’lumotlarga asossiz o‘zgartirishlar kiritilmasligi uchun fakultet dekani va ushbu fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi Biokimyo fanini baholash natijalari kafedra yig‘ilishida muhokama etib boriladi va tegishli qarorlar qilinadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling