O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta mahsus ta'limi vazirligi


Baholash natijalarini qayd qilish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/65
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#195072
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Ishchi dastur 2020-2021.Biokimyo b3606856a0a663554d628c29b761315d

Baholash natijalarini qayd qilish. 

1.Talabalar  bilimini  baholash  Biokimyo  fan  bo‘yicha  professor-o‘qituvchilari  tomonidan 

talabalarning fanlarni o‘zlashtirishini hisobga olish jurnalida qayd etib boriladi. Professor-o‘qituvchi 

jurnalda talabaga qo‘yilgan baholarni shu kunning o‘zida qayd etib boradi. Agar talabaning bilimini 

baholash  yozma  ish  shakldida  o‘tkazilgan  bo‘lsa,  bunda  professor-o‘qituvchi  talabalarning 

natijalarini 3 kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda Jurnalga qayd etishi lozim. 

2. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (a’lo) 

baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

3. Talaba nazorat turi o‘tkazilgan vaqtda uzrli sabablarsiz qatnashmagan hollarda Jurnalga “0” 

belgisi yozib qo‘yiladi.    

4. Jurnal tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi, kafedra 

mudiri  va  fakultet  dekani  tomonidan  imzolanadi  hamda  fakultet  dekanatida  saqlanadi.  Jurnalning 

saqlanishi uchun fakultet dekani mas’ul hisoblanadi. 

  5. Talabalarning yakuniy nazorat turi bo‘yicha baholari Jurnalga qayd etilganda, shu kunning 

o‘zida talabaning baholash daftariga ham yozib qo‘yilishi kerak. 

Biokimyo fani tugallangandan so‘ng talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi joriy, oraliq va yakuniy 

nazoratlarning  o‘rtacha  arifmetik  qiymatidan  kelib  chiqadi  va  butun  sonlarda  ifodalanadi.  Bunda 

talaba har bir nazorat turidan kamida 3 “qoniqarli” baho olishi lozim. 

O‘quv  rejasiga  asosan  Biokimyo  fani  I-II-  semestrlarda    o‘qitiladigan  fan  bo‘lganligi  uchun, 

tugallanmagan  semestr  bo‘yicha  talabaning  o‘zlashtirish  natijasi  baholash  daftari  (zachyotka)ga  



“o‘zlashtirdi”  deb qayd  etiladi.  

Semestr  yakuniga  ko‘ra  tugallanmagan  fanlar  bo‘yicha  oraliq  nazorat  turiga  kirmagan  yoki 

kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba 

akademik qarzdor hisoblanadi. 

  6.  Yakuniy  nazorat  turi  bo‘yicha  talabaning  bilimi  “2”  (qoniqarsiz)  baho  bilan  baholangan 

yoki  Jurnalga  “0”  belgisi  yozib  qo‘yilgan  hollarda  ushbu  baho  yoki  belgi  talabaning  Baholash 

daftariga yozilmaydi.  

  7.  Biokimyo  fani  bo‘yicha  gurux  Jurnalning  o‘z  vaqtida,  to‘g‘ri  va  to‘liq  yuritilishi, 

shuningdek  undagi  baho  va  boshqa  ma’lumotlarga  asossiz  o‘zgartirishlar  kiritilmasligi  uchun 

fakultet dekani va ushbu  fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi mas’ul hisoblanadi 

Biokimyo  fanini  baholash  natijalari  kafedra  yig‘ilishida    muhokama  etib  boriladi  va  tegishli 

qarorlar qilinadi. 




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling