O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta mahsus ta'limi vazirligi


BIOKIMYO FANI BO‘YICHA AMALIY KO‘NIKMALARNI QADAMMA-QADAM


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/65
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#195072
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
Ishchi dastur 2020-2021.Biokimyo b3606856a0a663554d628c29b761315d

BIOKIMYO FANI BO‘YICHA AMALIY KO‘NIKMALARNI QADAMMA-QADAM 

BAJARILISHI  BAXOLASH MEZONLARI 

 

Baho 



Talabaning bilim darajasi 

A’lo “5” 

Talaba  berilgan  amaliy  ko‘nikmalarni  kadamma-kadam  bosqichma-bosqich  to‘g‘ri 

yozgan,  amalga  oshiradi  va  olgan  natijalarini  to‘g‘ri  taxlil  qilgan.  Amaliy 

ko‘nikmani  axamiyatini  tushunadi,  o‘qituvchi  so‘ragan  barcha  savollarni  to‘g‘ri 

asoslaydi. Tajribani o‘z qo‘li bilan bajarish, uning Biokimyoviy  asoslarini reaksiya 

yordamida mustaqil tushuntirish, olingan natijalarni hisoblash, ko‘rsatkichlar bilan 

solishtirish va tahlil qilish, tibbiyotda  qo‘llanishini asoslash, xulosalar chiqarish. 

Yaxshi “4” 

Talaba  berilgan  amaliy  ko‘nikmalarni  kadamma-kadam  bosqichma-bosqich  to‘g‘ri 

yozgan,  amalga  oshiradi  va  olgan  natijalarini  to‘g‘ri  taxlil  qilgan.  Amaliy 

ko‘nikmani  ahamiyatini  tushunadi,  o‘qituvchi  so‘ragan  barcha  savollarni  to‘g‘ri 

asoslaydi. Tajribani o‘z qo‘li bilan bajarish, uning Biokimyoviy  asoslarini reaksiya 

yordamida  tushuntirishda  o‘qituvchi  yordamidan  foydalanish,  reaksiya  yozishda 

yoki  olingan  natijalarni  xisoblashda  bir  nechta  kichik  hatoliklarga  yo‘l  qo‘yish, 

ko‘rsatkichlar bilan solishtirish va taxlil qilish, xulosalar chiqarishda mustaqil  fikr 

yuritadi. 

Qoniqarli “3”  Talaba  berilgan  amaliy  ko‘nikmalarni  kadamma-kadam  bosqichma-bosqich  1-2 

xatolar  bilan  yozgan,  amalga  oshiradi  va  olgan  natijalarini  to‘g‘ri  taxlil  qilgan. 

Amaliy  ko‘nikmani  axamiyatini  tushunadi,  o‘qituvchi  so‘ragan  barcha  savollarni 

to‘g‘ri  asoslaydi.  Tajribani  o‘qituvchi  yordamida  bajara  olish.  Idishlarni  tanlashda 

va  ishlatishda  adashmaslik.  Tajribani  Biokimyoviy    asoslarini  tushuntirishda  va 

olingan natijalarni hisoblashda bir nechta qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yish, xulosalarni 

aniq  chiqara olmaslik, mustaqil fikr yuritadi. 

Qoniqarsiz 

“2” 


Talaba  berilgan  amaliy  ko‘nikmalarni  qadamma-qadam  yozmagan,  amalga 

oshirolmaydi  va  olgan  natijalarini  to‘g‘ri  tahlil  qilolmaydi.  Amaliy  ko‘nikmani 

ahamiyatini  tushunmaydi.  Tajribani  o‘qituvchi  yordamisiz  bajara  olmaslik. 



 

28 


Biokimyoviy    idishlarni  tanlashni  va  ishlatishni  bilmaslik.  Tajribani  Biokimyoviy  

asoslarini  tushunmaslik  va  olingan  natijalarni  hisoblashni  faqat  o‘qituvchi 

yordamidagina  bajarish,  xulosalarni      chiqara  olmaslik,  mustaqil  fikr  yurita 

olmaslik. 

Yakuniy  nazorat  turiga  kirmagan  yoki  kiritilmagan,  shuningdek  ushbu  nazorat  turi  bo‘yicha 

“2”  (qoniqarsiz)  baho  bilan  baholangan  talaba  akademik  qarzdor  hisoblanadi..  Talaba  uzrli 

sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki)  yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli 

nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. 

Talabaga yakuniy nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan 

qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak.  

Talaba  yakuniy  nazorat  turini  birinchi  marta  qayta  topshirishdan  o‘ta  olmagan  taqdirda, 

fakultet  dekani  tomonidan  komissiya  tuziladi.  Komissiya  tarkibi  tegishli  fan  bo‘yicha  professor-

o‘qituvchi  orasidan shakllantiriladi. 

Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur 

komissiya tomonidan amalga oshiriladi. 


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling