YAKUNIY NAZORAT
Biokimyo fani bo‘yicha yakuniy nazorat fan yakunida tegishli fan bo‘yicha talabaning nazariy
bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. YAkuniy
nazorat turini o‘tkazish shakli tegishli fan bo‘yicha kafedra tomonidan belgilanadi. YAkuniy nazorat
turi filialning tegishli fakultet dekani yoki o‘quv-uslubiy bo‘lim tomonidan ishlab chiqiladigan
hamda o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan, yakuniy
nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi. Ushbu fan bo‘yicha yakuniy nazorat turlari
ob’ektiv tizimlashtirilgan imtihon shakllarida o‘tkazilishi mumkin. YaN fan bo‘yicha o‘quv
mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng 4-semestrda 2 bosqichda: kafedrada amaliy ko‘nikmalarni
qadamma-qadam bajarilishi (AK) va test markazida test sinovi shaklida o‘tkaziladi.
Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq
nazoratni topshirgan bo‘lishilari shart.
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqrasiz)
baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |