Testlar yechilishini baholash:
№
Baho
(maks. baho –«5»
Talabaning bilim darajasi
1.
A’lo –«5»
- Berilgan testlarning 86-100% ni tog‘ri echgan;
- testlar echimini mantiqiy asoslab bera oladi
2.
Yaxshi -–«4»
- Berilgan testlarning 71-85% ni tog‘ri echgan;
- testlar echimini mantiqiy asoslab bera oladi
3.
Qoniqarli –«3»
- Berilgan testlarning 55-71% ni tog‘ri echgan;
- testlar echimini mantiqiy asoslab bera oladi
4.
Qoniqarsiz–«2»
- Berilgan testlarning 50 % dan kam qismini echgan;
- testlar echimini mantiqiy asoslab bera olmaydi
ORALIQ BAHOLASH
Oraliq baholash talaba tomonidan fanning bir necha mavzularni o‘z ichiga olgan bo‘limi yoki
qismi bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi baholanadi. biologikkimyo
fanlari bo‘yicha 2-kursda OB o‘quv yilining har bir semestrida 1 marotabadan (15-va30-haftalarda,
kafedra mudiri va ma`ruza o`qituvchisi tomonidan): umumiy va organik kimyo, dinamik va
funksional biokime bo‘limlari bo‘yicha o‘tkaziladi. OB ga o‘quv mashg‘ulotlaridan qarzi
bo‘lmagan talabalar qo‘yiladi. OB kafedra majlisining qarori bilan og‘zaki shaklda o‘tkaziladi. OB
savollari stendlarga osilib, talabalarga oraliq nazorat o‘tkazilishidan 1 oy oldin ma’lum qilinadi.
Talabalarga berilgan biletlar uchta savoldan iborat bo‘lib, xar bir savol alohida «5» ballik sistema
bo‘yicha baxolanib, uchta savol baholaridan o‘rtasi – umumiy baho sifatida qo‘yiladi.
OB bo‘yicha bilimi «2» bilan baholangan talaba YABga qo‘yilmaydi. Oraliq baholashni
o‘tkazish jarayoni ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan doimiy ravishda o‘rganilib
boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinadi va oraliq
nazorat qayta o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |