O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 1. Qo‘zg‘aluvchanlik, ta‘sirlanuvchanlik nima? 2. Qanday ta‘sirot turlarini bilasiz? 3. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalarga qaysi to‘qimalar kiradi? 4. Tinchlik va harakat potensiali nima? 2-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga reflektor reaksiyalar haqida ma‘lumot bеrishdаn ibоrаt. Idеntiv o’quv mаqsаdlаri: 2.1. Reflektor reaksiyalarni izohlab bera oladi. 2.2. Retseptorlarni turlarini ajrata oladi. Ikkinchi sаvоlning bаyоni. Odamda reaksiyalarning maxsus tipi-reflekslar rivojlangan. Sezuvchi asab oxirlari- retseptorlarning ta‘sirlanishga javoban albatta asab tizimining ishtiroki bilan organizmda ro‘y beradigan reaksiyalar reflekslar deb ataladi. Asab hujayrasi neyron deb ataladi. Neyronlar quyidagicha bo‘linadi: 1) sezuvchi yoki retseptor neyronlar, 2) ijrochi yoki effektor neyronlar va 3) kontakt neyronlar. Turli retseptorlar o‘zlari uchun adekvat bo‘lgan ta‘sir qiluvchilarni sezishga moslashgan. Retseptorlarning quyidagi turlari bor: 1) mexanoretseptorlar: a) ta`sirni sezadigan-turlari - taktit retseptoriar; b) cho‘zilish va bosilishni sezadigani -pressoretseptorlar va baroretseptortar; v) tovush tebranishlarini sezadigan -fonoretseptorlar: 2) tezlanishni sezadigani-akselleretseptorlar, yoki vestibulyaretseptorlar; 3) ximoretseptorlar muayyan kimyoviy moddalarning ta‘sirini sezadi; 4) termoretseptorlar harorat o‘zgarishini sezadi; 5) osmoretseptorlar osmotik bosimining o‘zgarishini sezadi. Tashqi muhitdan keluvchi ta‘sirotlarnii sezadigan retseptorlar: tovush tebranishlarini, 25 yorug‘lik ta‘sirini sezadigan retseptorlar, hid bilish, ta‘m bilish retseptorlari, harorat o‘zgarishini sezadigan va taktil retseptorlar tana sirtiga yaqin joylashgan bo‘lib, ekstroretseptorlar deb ataladi. Organizm ichki muhiti, a‘zolar holati va faoliyatining o‘zgarishiga aloqador o‘zgarishlarni sezadigan retseptorlar interoretseptorlar deb ataladi. Sklet mushaklaridagi retseptorlar - proprioretseptorlar ham interoretseptorlarga kiradi. Asab hujayralarining periferiyadan (tanani turli qismlaridan) markaziy asab tizimiga qo‘zg‘alish o‘tkazadigan shu o‘siqlari markazga intiluvchi, yoki efferent tolalar deb ataladi. Effektor neyronlar periferiyaga boradigan o‘siqlari markazdan qochuvchi yoki efferent tolalar orqali impulslar o‘tkazadi, bular esa turli a‘zolar holati va faoliyatini o‘zgartiradi. Sklet mushaklarining qisqarishiga sabab bo‘ladigan harakatlantiruvchi (motor) neyronlarining bir qismi efferent tolalari markaziy asab tizimida -bosh miyada va orqa miyada bo‘lib, har bir neyrondan periferiyaga faqat bitta o‘siq ketadi. Kontakt neyronlar markaziy asab tizimida bo‘lib, turli neyronlarni bir-biriga bog‘lash funksiyasini o‘taydi. Kontakt neyronlar asab impulslarini bir xil neyronlardan ikkinchi xil neyronlarga o‘tkazib beruvchi rele stansiyalari desa bo‘ladi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling