O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

1-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga ko‘ndalang-targ‘il va silliq mushaklar hаqidа 
mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Ko‘ndalang-targ‘il va silliq mushaklarni bir-biridan ajrata оlаdi.
1.2. Mushaklarning anatomik tuzulishini tushuntirib bera oladi.
Birinchi sаvоl bаyоni. 
Mushaklar odam organizmida asosiy ish bajaruvchi (ishchi) a‟zolar-effektorlar hisoblanadi. 
Odamda ikki tip mushaklar: ko‟ndalang -targ‟il va silliq mushaklarning bo‟lishi e‟tirof etiladi. 
Ko‟ndalang-targ‟il mushaklar skletning harakatlanishini, ko‟zni harakatga keltirishini va 
boshqa muhim harakatlarni amalga oshirishni ta‟minlovchi funksional tizimlarni shakllantiradi. 
Ko‟ndalang-targ‟il mushaklar jumlasiga yurak mushaklari ham kiradi. 


27 
Odam va umurtqali hayvonlarning ko‟ndalang-targ‟il mushaklari markaziy asab tizimi 
tomonidan nazorat qilinadi. Ular avtomatiyadan mahrumdirlar, ya‟ni markaziy asab tizimi 
buyrug‟iga qarab ishlash qobiliyatiga ega emas. Ular odamning o‟z xohishi irodasiga bo‟ysinganligi 
tufayli ixtiyoriy mushaklar deyiladi. 
Odamning silliq mushaklari ichki a‟zoiarga xizmat qiladi. Ular markaziy asab tizimi 
tomonidan kuchsiz nazorat qilinadi, hamda ularga avtomatizm va xususiy intramural yoki 
metasimpatik asab turlanishi xos, bu narsa ularni ko‟p jihatdan o‟z-o‟zini boshqarishlarini 
ta‟minlaydi. 
Silliq mushaklarni (shuningdek yurak mushaklarini ham) ba‟zan noixtiyoriy mushaklar deb 
yuritiiadi, bunda uning inson xohishi-irodasi bo‟yicha nazorat qilinmaganligi e‟tiborga olinadi. 
Odamda ham ko‟ndalang-targ‟il va ham silliq mushakiar mavjud, lekin ularning xossalari va 
markaziy asab tizimiga munosabati biroz boshqacha. 
Odam ko’ndalang-targ’il mushaklarini tuzilmasi va ularning innervatsiyasi. 
Odam skletining ko‟ndalang-targ‟il miushaklari juda ko‟p miqdordagi alohida olingan mushak 
tolalaridan - miofibrillalardan tashkil topgan, ular umumiy biriktiruvchi-to‟qimali qinda joylashgan 
va sklet bilan birikkan paylarga mahkamlangan. 
Ba‟zi mushaklarda mushak tolasini hammasi mushak o‟qi uzunligi bo‟ylab parallel-
tolasimon tipli tarzda joylashgan bo‟ladi. Boshqa xillarda tolalar bir tomondan markaziy pay 
tuguniga, boshqa tomondan esa tashqi pay qiniga birikadi (mahkamlanadi). Ko‟ndalang kesimda 
bunday tuzilish qush patini eslatadi - patsimon tip. 
Skelet mushagining har bir tolasi bu ingichka (diametri 10 dan 100 mkm gacha) ancha uzun 
(2-3 sm gacha), ko‟p yadroli yig‟ilma-simplast hujayralarning birikishidan hosil bo‟ladi.
Mushak tolasining asosiy xusustyati - uning protoplazmasida (sarkoplazmasida) ko‟p 
miqdordagi ingichka (diamtri I mkm) iplar-miofibrillalarnlng bolishi, ular tolaning uzun o‟qi 
bo‟ylab joylashgan bo‟ladi. 
Miofibrillar navbalma-navbat keladigan yaltiroq va to‟q qismlardan tashkil topadi. Bu narsa 
mushak tolasiga doimiy ravishda ko‟zga tashtanadigan ko‟ndalang tasvirlilik (ko‟ndalang-targ‟illik) 
ni ifodalaydi. Bitta to‟q va unga kelib qo‟shiladigan Z chiziqlari bilan ajralib turadigan ikkita 
yaltiroq kompleksini sarkomer deyiladi. 
Miofibrillar aniqrag`i ularning „sarkomerlari bu qisqartiruvchi apparati bo‟lib, mushak 
tolasining motoridir. 
Ko‟ndalang targ‟il mushak tolalarining miofibrillalari uzinasiga to‟g‟ri navbatlanuvchi qism 
(disk)larga bo‟lingan, bular optiq xossalari biian farq qiladi. Bu disklardan ba‟zilari nurni ikki marta 
sindiradi, ya‟ni anizotrop bo‟ladi, ular oddiy yorug‟likda qaramtir ko‟rinadi. Diskning boshqa 
bo‟laklari odatdagi yorug‟da och ko‟rinadi, ya‟ni nurni ikki marta sindirmaydi, izotrop bo‟ladi. 
Ko‟ndalang-targ‟il mushaklarini innervalsiyasi orqa miya yoki miya ostuni motoneyronlari 
evaziga yuz beradi. Bitta neyron o‟z aksonining tarmoqlari orqali bir necha mushak tolalarini 
innervatsiyalaydi. Bir motoneyron va u innervatsiyalaydigan mushak tolalari kompleksini harakat 
yoki motoneyron birligi deyiladi. 
Mushaklarda innervatsiya jarayoni "nozik" harakatlar uchun moslashgan, harakatlarni 
amalga oshuvchi mushaklar (barmoq, til, ko‟zning tashqi mushaklari) asab tolalaridan muntazam 
ravishda axborot olib turadi. 
Mushak tolalarining yakka va ko‟p sonli innervatsiya tiplari farqlanadi. Ko‟pincha uncha-
muncha yakka tarzdagi innervatsiyalanish tipi uchraydi. Odatda ular yirik metoneyronlarning 
aksoni orqali shakllanadi. Motor innervatsiyali mushak tolalari asab impulslariga javoban tola 
bo‟ylab tarqaluvchi ta‟sir potensialini yuzaga keltiradi. Ularni ko‟pincha tez ta‟sirli tolalar deb 
yuritiladi, chunki ular qisqarishni tez keltirib chiqaradi. 
Tolalarning ko‟p sonli innervatsiya tipi odamning skelet mushaklarida hamda ko‟zlarni 
tashqi mushaklarida uchraydi; bu mushaklarda yakka tartibda inneivatsiyalangan tolalar ham 
uchraydi. Ko‟p sonli innervatsiyada har bir mushak tolasida bir yoki bir necha motoneyronlardan 
chiqqan ko‟pdan-ko‟p harakat sinapslar joylashadi. 
Bu xildagi mushak (funksiyasi bo‟yicha tonik mushaklar) tolalari asab impulslariga faqat 


28 
lokal (mahalliy) sinaptik orqa potensiallari (SOP) qutbsizlanish yo‟li bilan javob qaytaradi. 
Ularning membranasida potensialga bog‟liq bo‟lgan Na
+
kanallarining bolmaganligi tufayli ta‟sir 
poiensiallari tiklanmaydi. Shu bilan birgalikda bu tolalarda kirish qarshiligi juda katta, bu narsa 
qo‟zg‟aluvchi sinaptik orqa potensiallari (KSOP)ning kattaligini ham baland bo‟lishini, hamda 
qisqarish jarayonini yalpi ishlab ketishi uchun zarur bo‟lgan qutbsizlanishning tola bo‟ylab 
elektrotonik tarqalishini ta‟minlaydi. 
Qisqarish jarayoni bu yerda yakka innervatsiyalangan tolalardagiga nisbatan ancha sekin 
amalga oshadi, shuning uchun bu tolalarni sekin ta‟sirli tolalar deyiladi. 
Shunday qilib, mushaklarning asosiy fiziologik xossalari-ularning qo‟zg‟aluvchanligi, 
o‟tkazuvchanligi va qisqaruvchanligidir. Bu xossalar mushaklarning kaltalanishida, yoki 
taranglanishida namoyon bo‟ladi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling