O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Qo‘zgaluvchan to‘qimalarni аytib bеrа оlаdi.
1.2. Qo‘zgaluvchan to‘qimalarni boshqa to‘qimalar bilan aloqasini tushuntirib bera oladi.
Birinchi sаvоl bаyоni. 
Ba‟zi hujayra va to‟qimalar (asab, mushak, bez to‟qimalari) turli ta‟sirotlarga tez reaksiya 
ko‟rsatishga mahsus moslashgan. Bunday hujayra va to‟qimalar qo‟zg‟aluvchan deb ataladi, 
ularning ta‟sirotga qo‟zg‟alish bilan javob qaytarish qobiliyati esa qo‟zg‟aluvchanlik deb yuritiladi. 


24 
Ta‟sirlovchining qo‟zg‟alishiga sabab bo‟ladigan minimal kuchi qo‟zg‟aluvchaniik o‟lchovi 
bo‟lib xizmat qiladi. Ta‟sirotning shu minimal kuchi ta‟sirot bo‟sag‟asi deb ataladi. Reaksiyalarni 
yuzaga chiqarish uchun zarur ta‟sirolning minimal kuchi qancha katia bo‟lsa, ya‟ni ta‟sirot 
bo‟sag‟asi qancha yuqori bo‟lsa, qo‟zg‟aluvchanlik o‟shancha tezroq paydo bo‟ladi va aksincha
ta‟sirot bo‟sag‟asi qancha past bo‟lsa, qo‟zg‟aluvchanlik o‟shancha kechroq paydo bo‟ladi. 
Qo‟zg‟aluvchan hujayralar uchun ta‟sirlovchilarning ta‟siriga o‟ziga xos javob beradigan 
qobiliyati bor, ularda maxsus fiziologik jarayon -qo‟zg‟alish ro‟y beradi. 
Qo‟zg‟alish fizikaviy va kimyoviy jarayonlar va funksional o‟zgarishlar yig‟indisida 
namoyon bo‟ladigan murakkab to‟lqinsimon biologik reaksiyadir. Qo‟zg‟alish jarayoaida hujayra 
membranasining bioelektrik jarayonlari o‟zgaradi, hujayra fiziolgik linchlik holatidan shu hujayraga 
xos fiziologik faol holatiga o‟tadi: mushak qisqaradi, bez hujayrasi sekret chiqaradi, asab impulslari 
paydo bo‟ladi. 
Qo‟zg‟aluvchan hujaylarda uning sitoplazmasi bilan tashqi muhit o‟rtasida, ya‟ni hujayra 
membrananing ikkala tomonida biopotensiallari doim farq qiladi. Hujayra membranasi shu tariqa 
qutblangan (polarizalsiyalangan) - ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadli. Shu 
potensiallar farqini membrana potensiali deb atashadi. Bu farq bir necha o‟n millivoltga mos keladi. 
Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ia‟sirlanuvchan bo‟ladi, ya‟ni tashqi muhit 
ta‟sir etganda yoki hoiati buzilganda o‟z slrukturasini o‟zgartirish, aktiv faoliyat ko‟rsatish, bu 
faoliyatni kuchaytirish yoki susaytirish bilan javob beradi. Turli ta‟sirlarga javoban organizm va 
hujayralari strukturasining o‟zgarishini biologik reaksiyalar, ularni vujudga keltiradigan va yuzaga 
chiqaradigan ta‟sirlarni esa ta‟sirlovchi yoki stimullar deb yuritishadi. 
Tashqi muhitning yoki organizm ichki holatining har qanday o‟zgarishi yetarlicha katta 
bo‟lsa, u yetarlicha tez ro‟y bergan bo‟lsa va uzoq davom etsa, tirik hujayraning yoki butun 
organizmnuig ta‟sirlovchisi bo‟la otadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling