19
va qorinchalar o‟rtasidagi teshik orqali chap tomonga o‟tib, qon tomirlar bo‟ylab ichki a‟zolarda
tarqaladi. dcb o‟ylagan. Jolinusning qon harakati to‟g‟risidagi bu xato g‟oyatari o‟rta
asrlargacha
hukmron bo‟lib keldi. Jolinus organizm tuzilishi va funksiyasini aniq bilmay turib,
kasallikni
aniqlash, bemorni davolash mumkin emasligini yaxshi bilar edi.Tabiat fanlari va tibbiyotga
tajribani, kiritish Jolinusning buyuk xizmatlaridan biridir. U bosh va orqa miya faoliyatini tekshirib,
odamning ruhiy xusuiyatlari bosh miya faoliyatiga bog‟liq bo‟lishini aytgan.
O‟rta asrlar davomida Sharq mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Xurosonda yashab
ijod etgan
tabib va dorishunoslardan Abu Zayd Husayn ibn Isoq al Ibodiy (808-877) arab,
fors, qadimgi grek tillarini yahshi egallangan. Buqrot, Arastu, Jolinus va boshqa antik olimlarning
ilmiy asarlarini arab tiliga tarjima qilgan olim. Tarjimalaridan tashqari Husayn ibn Isoq tomonidan
yozilgan 100 dan ortiq asarlaridan aksariyati tibbiyot va dorishunoslikka bag‟ishlangan asliy asarlar
nusxalari bizga yetib kclgan. Buqrot va Jolinusdan keyingi qadimgi
Sharq tabobatining yirik
nazariyotchi namoyondasi Husayn ibn Isoq tomonidan yozib qoldirgan meros asarlari boshqa tilga
ham tarjima-.qilingan. Shunday asarlandan biri «Javome‟ kitob Jolinus fi-l-Bavl» (Jolinusning
siydik haqidagi hamma narsani qamrab olgan kitobi) dir, Arab tiliga Husayn tarjima qilgan bu asar
siydik tahliliga va uning asosida tashxis qo‟yishga bag‟ishlangan.
Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ ibn Tarxon al-Farobiy Toshkentning shimoli-
g‟arbida joylashgan Farobda harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qomusiy bilimlar sardori,
o‟z zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi va shu sohada jahonshumul asarlar, yozgan alloma
hamdir. Al-Farobiyning 160 dan ortiq astronomiya, matematika, falsafa, tarix, mantiq, psixologiya,
tilshunoslik,
adabiyot, musiqa, tabiatshunoslik,
tibbiyot, kimyo sohalarni qamrab olgan asarlari
mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: