O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Uchunchi sаvоlning bаyоni
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odam fiziologiyasining taraqqiyoti asosan ikki bosqichda rivojlandi. Birinchisi
- Buqrotning birinchi ustozi uning otasi Geraklid bo’lgan.
Uchunchi sаvоlning bаyоni.
Odam fiziologiyasi tarixi uzoq o‟tmishga borib taqaladi. Qadimgi ilmiy izlanishltirda tajribalar kishi tanasining tuzilishi va uning faoliyatini bilish, o‟rganish uchun turtki bo‟lib xizmat qildi. Bu intilish, tabiatshunoslar va tabiblar uchun muhim nazariya va ilmiy poydevor bo‟lib xizmat ko‟rsatadi, chunki tabiblar ruhun kasallikning kelib chiqish sabablari, uni davolash yo‟llarini qidirib topish uchun zarurat edi. Odam fiziologiyasining taraqqiyoti asosan ikki bosqichda rivojlandi. Birinchisi, odam anatomiyasi, ya‟ni a‟zolarning tuzilishini va joylanishini o‟rganish, ikkinchisi, shu a‟zolarning faoliyati (funksiyasi), ya‟ni a‟zolarda bo‟lib o‟tadigan turli jarayonlarni o‟rganish. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun avvalo odam a‟zolariga o‟xshash a‟zoli hayvonlar o‟liklarini kesib, a‟zolarning joylanishini va tuzilishini o‟rganila boshladi, so‟ngra a‟zolarning funksiyasi to‟g‟risida fikr yuritila boshladi. Odam organizmining hayot faoliyatini o‟rganishga qadimgi Yunoniston, Rim, Xitoy, Hindiston va Misr olimlari asos sotgan. Masalan, Buqrot eramizdan oldingi (460-377) yillarda tabiat va tibbiyot sohasida o‟zigacha bo‟lgan ma‟lumotlarni to‟plab kuzatishlari asosida tibbiyot fanidan 7-ta ilmiy asarlar yozgan, bu qo‟llanmalardan tabiatshunoslar, shifokorlar va faylasuflar 2000 yil davomida foydalanib kelmoqda. Buqroq ko‟hna Yunoniston tibbiyotining reformatori (qayta quruvchisi) hisoblanadi, yurak va qon (oiqirlari. hamda odamning tnijozi (temperamenti) haqida muhim ma‟lmnotlar bergan. Buqrotning birinchi ustozi uning otasi Geraklid bo’lgan. U Yunonisionda, Rimda, Kichik Osiyoda va Liviyada shifokorlik maktablarini o‟tgan va uni insoniyat klinik tibbiyotining asoschisi sifatida tan olgan. Uning nomi bilan «Gippokrat qasami» shifokorlar orasida keng tarqalgan. Buqrotning shifokorlarga «Zarar keltirma» degan vasiyati hozirgi zamon tibbiyot xodimlariga ham taalluqlidir. Turli hulq-atvor va hatti-harakatlarga ega bo‟lgan odamlar mijozi bo‟yicha Buqrot quyidagilarni yozgan: mijozi issiq odamlarni sangvinik- serharakat, ildam deb atagan. Vujudi sovuq, shilimshiq bo‟lgan kishilarni flegmatik - «sovuqqon», vazmin mijozga ajratgan. Qiziqqon, serjahl kishilarmi xoterik deb atagan va vujudi qora, qo‟yilgan o‟t ko‟payib kelgan kishilar melanxoliklarni tashkil qilib, ular ivirsiydigan, o‟ziga ishonmaganlardir. Yunonistonda yashagan yirik olim, faylasuf Arastu tibbiyot fanlarining, tibbiy yonalishing rivojlanishida muhim rol o‟ynaydi. U solishtirish usulidan foydalanib, hayvonlarning 500 dan ortiq turining tashqi tuzilishini tasvifladi va yangi ma‟lumotlar berdi. Arastu asabni bir-biridan farq qitdi, yurak bilan qon tomirlarining tuzilishini, o‟zaro bog‟liqligini bayon etdi. U tabiatshunoslikda vitalistik nazariyaning birinchi vakiJlaridan bo‟lgan olimdir. Arastuning ilmiy qarashlarida ruh birlamchi, materiya ikkilamchi degan fikrlarni ham ilgari surdi. Arastu, Buqrot va boshqa ba‟zi olimlarning tabiatshunoslikga oid ayrim noto‟g‟ri fikrlari bir necha yuz yillar mobaynida o‟z kuchini saqlab keldi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling