O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Mushaklar qisqarishining kislorodli va kislorodsiz fazalarini bir-biridan ajrata оlаdi. 1.2. Mushaklar qisqarishida ro‘y beradigan kimyoviy o‘zgarishlarni tushuntirib bera oladi. To’rtinchi sаvоl bаyоni. Bir qancha kimyoviy o‘zgarishlar mushaklarning ishlashiga asos bo‘ladi. Shu reaksiyalarda bo‘shab chiqadigan energiyadan mushak qisqarish uchun foydalanadi. Binobarin, mushak energiyasining manbai kimyoviy o‘zgarishlardir. Bu kimyoviy o‘zgarishlarning xususiyati shuki, murakkab moddaning oddiyroq, tarkibiy qismga bo‘linish jarayonni parchalangan moddaning tiklanishiga chambarchas ulanib ketadi. Navbatdagi har bir reaksiya shuning uchun zarur energiyani beradi. Mushakda ro‘y beradigan kimyoviy reaksiyalar ikki fazaga bo‘linadi: kislorod kerak bo‘lmaydigan birinchi faza, ya‘ni kislorodsiz faza va ikkinchi faza, ya‘ni kislorodli faza. Kislorodsiz (anaerob) faza. Mushakning qisqarishi uchun zarur energiya anaerob fazada bo‘shab chiqadi. Bu fazada rnushakdagi fosforli birikmalar parchalanadi. Bunday birikmalarga adenozintrifosfat kislota (ATF) kiradi. Reaksiyalar ATFning adenil va fosfat kislotalarga parchalanishidan boshlanadi. Bu reaksiyada ancha energiya ajralib chiqadi, mushaklar ish bajarish uchun ana shu energiyadan foydatanadi. ATF parchalangandan keyin kreatin-fosfat kislota kreatin bilan fosfat kislotaga parchalanadi. Kreatinfosfat kislota parchalanganda bo‘shab chiqadigan energiya adenil va fosfat kislotalardan yana ATF sintez qilinishiga sarf bo‘ladi. Kreatinfosfat kislota parchalangandan keyin glikogen bilan fosfat kislota birikmasi-geksofosfat parchalanib, sut kislotasi bilan fosfat kislota hosil bo‘ladi. Bunda ajralib chiquvchi energiya kreatinfosfat kislotaning qaytarilishiga sarf bo‘ladi. Shunday qilib, ketma-ket keluvchi shu rcaksiyalar natijasida ATF va kreatinfosfat kislota qaytariladi, faqat glukozaning o‘zi sut kislotasigacha parchatanadi. Shu kimyoviy o‘zgarishlar zanjiri aniqlanib, asosiy energiya mambalari - ATF va kreatinfosfat kislota tamomila qaytarilishi ma‘lum bo‘lgandan keyingina kislorodsiz muhitda baqa mushakning 1500 marta qisqara olish sababi ochib berildi. Anaerob sharoitda baqa mushakining bunday ko‘p qisqarish sababi shuki, adenozinirifosfat va kreatinfosfat kislotalar qaytarilishi uchun kislorod bo‘lishi shart emas. Ammo keyinchalik mushakning ish qobiliyati baribir kamayadi, pirovardida mushak ishlamay qo‘yadi. Keyingi reaksiyalar uchun kislorod zarurligi, navbatdagi reaksiyalar esa kislorodli (yoki aerob) fazada-kislorod ishtirokidagina yuzaga chiqishi malum bo‘ldi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling