O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

 
5-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga mushaklarning charchashi hаqidа mа‘lumоt 
bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Mushaklarning charchashi nima ekanligini izohlab bera oladi.
1.2. Charchashning kimyoviy xysusiyatlarini tushuntirib bera oladi.
Beshinchi sаvоl bаyоni. 
Mushakka maksimal darajada qisqartira oladigan ta‘sirot berib va mushakka turli yuklarni 
osib, uning ko‘tara olmaydigan yuk miqdori aniqtanadi. Ana shu yuk miqdori mushakning kuchini 
ko‘rsatib beradi. Ammo taqqoslash uchun mushakning mutlaq kuchi degan miqdordan foydalanadi. 
Mushakning mutlaq kuchi uning funksional holatiga (charchashiga) va yukning og‘irligiga 
bog‘liq. Butun organizm, a‘zo yoki to‘qima ishlaganidan keyin ish qobiliyati ya‘ni mutlaq kuchi 
vaqtincha pasayadi, charchash ro‘y beradi. Odamning charchashi ergograf degan asbob yordami 
bilan tekshiriladi. Ergograf tekshiriladigan kushining bilagi, panjasi, II va IV barmoqlarini mahkam 
tutib turadigan asbobdir. 
Ish turini, yukning og‘irligini yoki ikkalasini o‘zgartirib, odamning turli sharoitda qay tariqa 
charchashini tekshirish mumkin. Shunda hosil bo‘ladigan egri chiziq ergogramma deb ataladi. 
Ishdagi harakatlarni tekshirish uchun ba‘zi olimlar maxsus ergograf yasab mushak 
charchashini tushunlirish uchun bir necha nazariya bayon qilgan. Ularning fikricha, charchashning 
asosiy sababi shundan iboratki, ish natijasida energiya zaxiralari tugashi, parchalanish mahsuloilari 
mushakni to‘ldirib yuborishi, charchashga sabab bo‘ladi. Ammo bayon qilingan nazariylardan 
birontasi ham charchash hodisasini mukammal tushuntirib berolmaydi. Mushak zo‘r berib 
ishlaganda unda haqiqatan ham parchalanish mahsulotlari, jumladan sut kislotasi hosil bo‘ladi (sut 
kislotasi ishlayotgaii mushakning charchashiga ancha ta‘sir etadi), energiya zaxiralari sarf bo‘ladi 
va hakazo, lekin shu jarayonlardan birontasi ham ayrim holda charchashni tushuntirishga asos bo‘la 
olmaydi. Bu nazariyalarning hammasi ham charchashda asab tizimining rolini e‘tiborga olmaydi. 
Xolbuki, ish qobiliyatining uzoq saqlanishida va charchashning boshlanishida markaziy asab tizimi 
hal qiluvchi rol o‘ynashini L.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.Ye.Vvedenskiy va A.A.Uxtomskiylar o‘z 
tekshirishlarida, shuningdek, talabalarda sinovdan oldin va undan 6 soat keyin mushakning 
ergogrammasini yozib ko‘rsatib berishgan. 
Mushakning refleks yo‘li bilan ta‘sirlanib charchashi N.Ye.Vvedenskiy maxsus tajribada 
ko‘rsatgan. U markazga intiluvchi ikki turli asabni ta‘sirlab, mushakni qisqartirish ustida tajriba 
o‘tkazgan. Markazga intiluvchi asablardan bir xilini ta‘sirlash natijasida mushak charchagan. 
Mushakning charchaganligi ma‘lum bo‘lgach, markazga intiluvchi asablarning ikkinchisiga ta‘sir 
etilgan. Mushak shu ta‘sirotga javoban avvalgidek kuch bilan qisqargan. Shunga asoslanib, avvalo 
mushak emas, markaziy asab tizimi charchaydi deb xulosa chiqarilgan. 
Odam qo‘lining mushaklari charchaganda dam olish vaqtida ikkinchi qo‘1 bilan ish 
bajairilsa, yuk ko‘tarishda charchagan qo‘l mushaklarining ish qobiliyati tez tiklanishini birinchi 
marta I.M.Sechenov (1903) ko‘rsatib berdi. Charchagan qo‘1 mushaklarining ish qobiliyati harakat 
faolligining boshqa turlarida, masalan, oyoqning turli mushaklari ishlaganda ham tez tiklanishi 


32 
mumkin. I.M.Sechenov bunday dam olishni anchayin tinch turishdan farq qilib, faol dam olish deb 
atagan edi. Sechenov bu dalillarga avvalo asab markazlarining charchashini ko‘rsatuvchi dalil deb 
qaragan edi. 
Ishontirish ustidagi tajribalar butun organizmdagi charchash jarayonining kelib chiqishida 
asab markazlati holatining o‘zgarishi katta rol o‘ynashini ko‘rsatuvchi ishonchli dalil bo‘la oladi. 
Masalan, tekshirilayotgan kishiga yengilgina savat ko‘tarib turibsan deb ishontirilsa, u og‘ir qadoq 
toshli savatni uzoq ko‘tarib tura oladi. Yengil savatni ko‘tarib turgan kishiga og‘ir qadoq tosh 
to`lqazildi deb ishontirilsa, aksincha, u tez charchaydi. Ayni vaqtda puls, nafas olish va gazlar 
almashinuvi odamning haqiqatda qilayotgan ishiga emas, balki ishontirib aytilgan gapiga bog‘liq 
bo‘ladi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling