O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Silliq mushaklarning qanday xossalari mavjud? 
2. Silliq mushakning qo‟zg‟aluvchanligi va avtomaliyasi haqida nimani bilasiz?
3. Silliq mushaklarning plastikligi deganda nimani tushunasiz? 
 
 
7-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga silliq mushaklarning qisqarishi hаqidа mа‘lumоt 
bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Silliq mushaklarning tonusi va avtomatiyasini izohlab bera oladi.
1.2. Silliq mushaklarning ta‘sirlovchilarini tushuntirib bera oladi.
Yettinchi sаvоl bаyоni. 
 
 
Yakka ta‟sirot kuchi katla bo‟lganda silliq mushak qisqarishi mumkin. Bu mushakning 
yakka qisqarish yashirin davr skelet mushagiga qaraganda kattaroq, masalan, quyonning ichak 
mushaklarida 0,25-1 soniyagacha yetadi, quyon me‟dasida 5 soniyagacha, baqa me‟dasida esa 1 
daqiqaga yetadi va undan ham oshadi. Silliq mushak qisqargandan keyln ayniqsa sekin bo‟shashadi. 
Silliq mushaklarda qisqarish to‟lqini ham juda sekin tarqalib, soniyaga atigi 3 sm ga yaqin yo‟l 
bosadi. Biroq, silliq mushaklar sekin qisqargani bilan kuchi katta. Masalan, qushlar me‟dasining 
mushaklari ko‟ndalang kesimining I sm
2
ga 1 kg hisobida yuk ko‟tara oladi. 
Silliq mushakning tonusi. Silliq mushak sekin qisqargandan, hatto ritmik ta‟sirotlarda ham 
uzoq va turg‟un qisqarish holatiga osongina o‟tadi, bu holat skelet mushaklarining tetanusiga 
o‟xshaydi. Biroq, silliq mushak ana shunday turg‟un qisqarish holatida turgani bilan energiyani juda 
kam sarf qiladi va shu bilan ko‟ndalang targ‟il mushak tetanusidan farq qiladi. 
Silliq mushaklarning skelet mushaklariga nisbatan ko‟p marta sekinroq qisqarishi va 
bo‟shashining sabablari ham batafsil aniqlangani yo‟q. Ma‟lumki, skelet mushaklarining 
miofibrillalari kabi, silliq mushak miofibrillalari ham miozin bilan aktindan iborat. Biroq, silliq 
mushaklar ko‟ndalang targ‟il emas, ularda Z membrana yo‟q va sarkoplazma ancha ko‟p bo‟ladi. 
Silliq mushak tolalarining shu tizim xususiyatlari ularni sekin qisqarishiga sabab bo‟lsa kerak. Silliq 
mushaklarda moddalar almashinuvining bir qadar past darajada ekanligi ham shundan kelib chiqadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling