Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Mushak charchashi deb nimani aytishadi?
2. Mushakning mutloq kuchi nima?
3. Kislorod qarzi nima?
4. Ergogramma nima?
6-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga silliq mushaklarning xususiyatlari hаqidа
mа‘lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Silliq mushaklarning xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Silliq mushaklarning plastikligi nima ekanligini tushuntirib bera oladi.
Oltinchi sаvоl bаyоni.
Turli a‘zolardagi silliq mushaklar funksiyasi. Odam organizmdagi silliq mushaklar, ichki
a‘zolar, tomirlar va terida bo‘ladi. Silliq mushaklar bir qadar sekin harakat qiladi va uzoq tonik
qisqarishlarga qodir bo‘ladi.
Kavak a‘zolar: me‘da, ichak, hazm bezlarining yo‘llari, qovuq (siydik pufagi), o‘t pufagi va
boshqalar devoridagi silliq mushaklarning ko‘pincha ritm bilan bir qadar sekin qisqarishi, o‘sha
kovak a‘zolar ichidagi suyuqlikning siljib borishini va tashqariga chiqarilishini ta‘minlaydi. Ichak
mushaklarining mayatniksimon va peristaltik harakatlari bunga misol bo‘la oladi.
Silliq mushaklarning uzoq tonik qisqarishlari kavak a‘zolarning sfinkterlarida ayniqsa
yaqqol ko‘rinadi: ularning tonik qisqarishi a‘zo ichidagi suyuqlikning chiqib ketishiga to‘sqinlik
qiladi. Bu esa o‘t pufagiga o‘tning va qovuqda siyqlikning to‘planishi, to‘g‘ri ichakda axlatning
shakilanishi va shunga o‘xshashlar uchun zarur shartdir.
Qon tomirlari, ayniqsa arteriyalar va arteriyalarning devorlaridagi silliq mushaklarida ham
tonus bor. Arteriyalar devoridagi mushak qavatining tonusi arteriyalar diametrining kattaligini idora
etadi, shu bilan qon bosimining darajasini va a‘zolarning qon ta‘minotini tartibga soladi.
Silliq mushaklar tonusi va harakat funksiyasini vegetativ asab tizimi orqali keluvchi
impulslar va gumoral ta‘sirotlar boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |