O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Silliq mushaklarning plastikligi


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Silliq mushaklarning plastikligi. Silliq mushakning juda plastlkligi, ya‘ni o‘z tarangligini 
o‘zgartirmay cho‘zilishdan keyingi uzunligini zo‘r bermasdan saqlay olish qobiliyati uning muhim 
xossasidir. Plastikligi kam skelet mushagi bilan ro‘y-rost plastik silliq mushak orasidagi tafovutni 
aniqlash uchun ularni avvaliga sekin-asta cho‘zib, keyin shu cho‘zuvchi yukni olib qo‘yish kifoya. 
Yuk olingandan keyin skelet mushagi darhol kaltalanadi. Bunga qarama-qarshi o‘laroq, silliq 
mushak biron ta‘sirot tufayli faol ravishda qisqarmaguncha yuk olingandan keyin ham 
cho‘zilganicha qolaveradi. 
Plastiklik xossasi kavak a‘zolar, masalan, qovuq devoridagi silliq mushaklarning mo‘tadil 
faoliyati uchun juda katta ahamiyaiga egadir, qovuq devorlaridagi silliq mushaklar plastik bo‘lgani 
uchun qovuq ozmi-ko‘pmi to‘lganida ichidagi bosim nisbatan kam o‘zgaradi. 
Silliq mushaklar skelet mushaklariga qaraganda kamroq qo‘zg‘aluvchan: ularning 
ta‘sirlanish bo‘sag‟alari ortiqroq, xronaksiyasi esa uzunroq. Aksari silliq mushak tolalarining 


33 
harakat potensiallari kichik amplitudali (skeletning ko‘ndalang targ‘il mushak tolalarida 120 mv 
o‘rniga 60 mv chamasi) bo‘lib, uzunligi ham ortiq, ya‘ni 1-3 soniya davom etadi. 
Odam tanasida silliq mushaklarning ko‘pgina turli-tuman tiplari mavjud. Tanamizdagi 
kavak a‘zolarning ko‘pchiligini sinsitiy tipida tuzilgan silliq mushaklar qoplangan. Bunday 
mushaklarning ayrim tolalari bir-biriga jips taqalib turadi, shu sababli ular morfologik jihatdan 
yaxlit bir butun degan tassurot tug‘iladi. Ammo mushak sinsitiysining ayrim tolalari o‘rtasida 
membrana va protoplazmatik uzluksiz emasligi: ular ingichka (200-500A
11
) yoriq bilan ajralganligi 
elektron mikroskopda tekshirib aniqlangan. "Sinsitiydan tuzilish" tushunchasini hozir morfologik 
tushuncha deyishdan ko‘ra, fiziologik tushuncha deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Sinsitiy -harakat 
potensiallarining va qutbsizlanish sust to‘lqinlarining bir toladan ikkinchi tolaga bemalol 
tarqalishini ta‘minlaydigan funksional tuzilmadir. Asab oxirlari sinsitiy tolalarining ozgina bir 
qismida bor. Lekin qo‘zg‘alish (asab impulsi) mushak tolalarining ozgina bir qismiga 
o‘tsa,qo`zg‘alishning bir toladan ikkinchi tolaga beto‘xtov tarqalishi tufayli butun mushak 
reaksiyasiga tortilishi mumkin. 
Ba‘zi silliq musihakiarda, masalan, ko‘zning kipriksimon mushagida yoki rangdor pardanig 
radial mushagida tolalar alohida-alohida joylashgan (diskret tipda tuzilgan) bo‘lib, har birining 
skelet mushagi tolalariga o‘xshash mustaqil innervatsiyasi bor. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling