O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Kislorodli (aerob) faza. Kislorod ishtirokida sut kislotasi parchalanib, suv va karbonat 
angidrid hosil bo‘ladi. Ammo sut kislotasimng hammasi ham suv bilan karbonat angidridga 
parchalanmay, faqat 1/3 qismi parchalanadi. Bu reaksiyada ham energiya ajralib chiqadi. 
Sut kislotasining 1/3 qismi oksidlanganda bo‘shab chiqadigan energiyadan foydalanib, 
qolgan 2/3 qismi yana glikogenga aylanadi. 
Shunday qilib, bir qancha juda murakkab kimyoviy ozgarishlar ro‘y berishiga qaramay
mushaklarning qisqarishiga organizmning qiladigan sarfi taqat bir qism glikogenni yo‘qotishidan 
iborat bo‘ladi. 
Odam va hayvonlarning mushaklari qisqarish va ish bajarish uchun zarur energiyani 
kimyoviy reaksiyalar natijasida oladi va bu energiyani mexanik energiya bilan issiqlik energiyasiga 
aylantiradi. 
Kimyoviy reaksiyalar natijasida bo‘shab chiqadigan energiyaning ko‘p deganda 30 % ini 
mushaklar ishlata oladi. 
Shunday qilib, mushak qisqarishidagi asosiy hodisa mushak tolasining qisqarishidan iboral. 
Ayni vaqtda tolaning tabiiy uzunligi kamayib, mushak mexanik ish bajaradi. Yuqorida 
aytganimizdek, mushak qisqarish uchun ATFning parchalanishidan energiya oladi. Mushakning 
qisqarishi esa mushak oqsil-miozin molekulasining qisqarishi hisobiga ro‘y beradi. 
Mushakka kelgan qo‘zg‘alish to‘lqini mushak tolalarida fizikaviy va kimyoviy 
o‘zgarishlarni vujudga keltiradi, jumladan tola ichidagi kaliy ionlari miqdori kamayadi, kalsiy 


31 
ionlari miqdori esa oshadi. Bu o‘zgarishlarning sababi miozin molekulasining qisqarishidadir. 
Miozinning yana bir xossasi bor: 4 adenozintrifosfat kislotaning hosil bo‘lishiga imkon beradi. 
 
 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Mushakning qisqarish mexanizmini aytib bering. 
2. Mushaklarning innervatsiyasini aytib bering.
3. Ixtiyoriy va noixtiyoriy qisqarish nima?
4. Sarkoplazma va miofibrilla haqida nimanj bilasiz?
5. Sarkomer nima? 
6. Anizotrop va izoinip disklar haqida nimani bilasiz?

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling