O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus
Silliq mushaklar avtomatiyasi
Download 2.13 Mb. Pdf ko'rish
|
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI
Silliq mushaklar avtomatiyasi. Silliq mushaklarning skelet mushaklaridan farq qiladigan
34 xarakterli xususiyati shuki, spontan, avtomaiik faoliyalga qodir bo‟ladi. Me‟da, ichak, o‟t pufagi, siydik yo‟llari va boshqa bir qancha a‟zolarning silliq mushakiarini tekshirganda ularning avtomatik qisqarishini kuzatsa bo‟ladi. Silliq mushaklar avtomatiyasi miogen yo„l bilan kelib chiqqan. Bu avtomatiya mushak tolalarining o‟ziga xos bo‟lib, uni silliq mushakli a‟zolar devoridagi asab elementlari idora etadi. Ichak devorining asab chigillaridan sinchiklab xolos qilingan mushak bo‟laklari ustidagi tajribalar avtomatiyaning miogen yo‟l bilan kelib chiqqanini isbot etadi. Kislorod bilan boyitiladigan Ringer- Lokk eritmasiga shunday mushak bo‟laklari solinganda ular avtomatik ravishda qisqara oladi, o‟sha mushak bo‟laklarida asab hujayralarinini yn‟qligi keyingi gistologik tekshirishlarda ham aniqtanadi. Silliq mushaklarning tez va kuchli cho‟zilishi ularning muhim fiziologik adekvat ta‟sirlovchilaridan biri hisoblanadi. Cho‟zilish natijasida mushak tolasining membranasi qutbsizlanib, tarqaluvchi harakat potensiali vujudga ketadi. Pirovard natijasida mushak qisqaradi. Silliq mushaklaming yana bir xususiyati shuki, ular ba‟zi kimyoviy ta‟sirlovchilatga, jumladan parasimpatik asab tolalarining oxirlaridan ajralib chiqadigan atsetilxolinga, buyrak usti bezlarining mag‟iz moddasidan va simpatik asab tolalarining oxirlaridan ishlanib chiqadigan noradrenalinga, shuningdek boshqa bir qancha moddalar (gistamin, serotonin, dofamin, neyropeptidlar)ga yuksak darajada sezuvchan bo‟ladi. Bu modda (agent)larning turli silliq mushakiarga ta‟sir ko‟rsatish natijasi bir xil emas. Masalan, me‟da-ichak yo‟lidagi silliq mushaklar uchun atsetilxolin qo‟zg‟atuvchi modda, adrenalin esa tormozlovchi modda hisoblanadi. Qon tomirlar devoridagi mushaklar esa adrenalin ta‟siri bilan qisqaradi, atsetilxolin esa ularni bo‟shashtiradi. Bu tafovuttarni boisi shundaki, yuqorida aytilgan agentlar turli silliq mushak hujayralarida membrananing ion o‟tkazuvchanligini va shunga yarasha membrana potensialini turlicha o‟zgartiradi. Ta‟sirlovchi agent membrananing qutbsizlanishini vujudga keltirsa, qo‟zg‟alish kelib chiqadi, aksincha, membrana kimyoviy agent ta‟sirida giperpolarizalsiyalansa, faolligi kamayadi va binobarin, silliq mushak bo„shashadi. Silliq mushaklarga simpatik va parasimpatik asablardan totalar keladi, bu asablar esa, odatdagidek, mushak tolalariga qarama-qarshi ta‟sir ko‟rsatadi. Download 2.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling