69
8 mln ga yaqin retseptor bor. Barcha ichki a‘zolarida taxminan 1 mlrd ga yaqin retseptor mavjud.
Tashqi va ichki muhitda paydo bo‘lgan axborot retseptorlar orqali qabul qilinadi.
Analizatorlarning o‘tkazuvchi qismi-bu sensor (sezuvchi) asab tolasidan iborat bo‘lib, u
reiseptordan ta‘sirotni qabul qilib bosh miya po‘stlog‘ining proyeksion mintaqasiga yetkazadi.
Analizatorning markaziy (po‘stloqdagi) qismi bosh miya po‘stlog‘ining
turli sohalarida
joylashgan va sezuvchi asab markazlaridan iborat. Bu markazlarda muayyan sezgi a‘zolaridagi
retseptorlardan kelgan ta‘sir tahlil qilinib, ularning mazmuniga ko‘ra (sintez) javob reaksiyasi hosil
bo‘ladi.
Reiseptorlarning adekvat ta‘sirlovchilariga qarab:
I)mexanoretseptorlar ta‘sirlovchining
mexanik energiyasini qabul qilshga moslashgan. Bunday reiseptorlar teri, yurak-tomir tizimi, ichki
a‘zolar, tayanch harakat apparati, eshituv va muvozanatni saqlash tizimlariga xos.
2. Termorelseptorlar - harorat o‘zgarishini sezadi.
Issiqni va sovuqni sezuvchi
termoretseptorlarning ko‘p qismi terida joylashgan. Ichki a‘zolar va
markaziy asab tizimida ham
shunday retseptorlar bor.
3. Xemoretseptorlar - kimyoviy omillar ta‘siriga sezgir. Ular ta‘m va hid sezuvchi sensor
tizimlarning chet qismini tashkil qiladi. Bu tipdagi retseptorlar qon
tomirlar tizimining turli
qismlarida va ba‘zi to‘qimalarda ham uchraydi.
4. Fotoretseptorlar - nur energiyasini qabul qiladi. Bu retseptorlar yorug‘lik
energiyasini
ajratish va rang ko‘rish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: