70
retseptor potensiali deb ataladi.
Ta‘sir potensialining tarqalishi membrananing qarshilik ko‘rsatishiga va hajmiga bog‘liq
bo‘lib, elektroton deb ataladi. Shu sababli asab tolalarida retseptor potensialimng sekinlik bilan
tarqalishi
elektrotonik tarqalish deb ataladi. Retseptor potensialining elektrotonik tarqalishi,
neyron dendritlari va soma orqali aksonga berilishi
relseptor faoliyatining uchinchi bosqichi
hisoblanadi.
Nihoyat,
to’rtinchi bosqich retseptorlarda ta‘sirotni asab impulslarga aylanishidan iborat.
Hosil bo‘lgan axborot impulslari afferent asab tolalari orqali markaziy asab tizimining tegishli
sensor
mintaqalariga yetkazib beriladi.
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Distant (masofadagi) retseptorlarga qaysi retseptorlar kiradi?
2. Kontakt (teguvchi) retseptolarga qaysi retseptorlar kiradi?
3. Retseptorning adekvat ta‘sirlovchilari deb nimani tushunasiz?
4. Retseptor potensiali nima?
3-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga analizatorlarning umumiy tuzilishi hаqidа
mа‘lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Analizatorlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlarni izohlab bera oladi.
Uchinchi sаvоl bаyоni.
1. Ko’p qavatlilik - analizator tarkibida bir necha qavat neyronlar mavjud. Boshlang‘ich
neyronlar retseptorga qarashli, oxirgi neyronlar esa miya po‘stlog‘ining
assotsiativ mintaqasidagi
neyronlarga konvergensiya bo‘ladi. Ko‘p qavatlilik bosh miya po‘stlog‘ining polimodal (turli
xarakterga ega bo‘lgan) tabiatini ifodalaydi, chunki polimodal signallarning
birlamchi afferent
sintezi markazi assotsiativ mintaqalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: