Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Ko‘p qavatlilik va ko‘p kanallik nima?
2. Analizator tuzilmalarining vertical va gorizontal bo‘yicha tarqalishi deb nimaga aytiladi?
3. Yonma-yon qavatlarda asab elementlarining miqdori qanday joylashgan bo‘ladi?
4-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga retseptorlarning adaptasiyasi hаqidа mа‘lumоt
bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Retseptorlarning adaptasiyasi nima ekanligini izohlab bera oladi.
1.2. Adaptasiya tezligiga ko‘ra retseptorlar necha guruhga bo‘linishini tushuntirib bera oladi.
To’rtinchi sаvоl bаyоni.
Retseptorlarga
ta‘sirlovchilar
muntazam
ta‘sir
etib
hamma
vaqt
ularning
qo‘zg‘aluvchanligini bir darajada saqlab tura oladi. Ko‘proq retseptorlar uzoq muddat
ta‘sirlanganda ularda qo‘zg‘aluv u yoki bu darajada susayadi. Bu hodisa retseptorlar adaptatsiyasi
deyiladi. Buning asosida retseptorlarda va analizatorlarning po‘stloqdagi markazlarida
qo‘zg‘atiladigan murakkab fiziologik jarayonlar yotibdi. Masalan, tamaki chekilgan xonaga kirib,
kishi bir necha daqiqadan so‘ng tamaki hidini sezmay qoladi, chunki hidlov retseptorlari bu omilga
moslashadi - adaptatsiya bo‘ladi.
Barcha retseptorlar ikki guruhga: I. tezlik bilan adaptatsiya bo‘ladigan yoki fazali
retseptorlar; 2. sekinlik bilan adaptatsiya bo‘ladigan yoki tonik retseptorlar. Bulardan tashqari yana
oraliq retseptorlar ham mavjud.
Fazali retseptorlar ularning membrana deformasiyasining avvalida yoki oxirida sust (taktil
retseptorlar) va kuchli (fonoretseptorlar) mexanik ta‘sirlovchilarning ta‘siriga javoban qo‘zg‘aladi.
Fazali retseptorlarning yaqqol misoli Pachini tanachalaridir, qaysiki, bor yo‘g‘i bir-ikki impuls
transformatsiya qila oladi va ta‘sirlovchi ta‘sirining oxirida yana bir-ikki tasir potensialini yuzaga
chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |