O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Tonik retseptorlar esa membrana deformatsiyasi davomida qo‘zg‘aladi. Masalan, 
retseptorlarning davomli va sekin cho‘zilishi va ularning faolligi bir necha soatlar davomida saqlab 
qolishi mumkin. 
Oraliq yoki fazali-tonik retseptorlarning qo‘zg‘alishi ta‘sirotning ta‘sir qilish vaqtiga 
bog‘liq, ya‘ni ta‘sirot qanchaki ko‘proq ta‘sir qilsa, oraliq retseptorlarning qo‘zg‘alishi ham 
o‘shancha davomliroq bo‘ladi. Biroq retseptor potensialining amplitudasi va tezligi ta‘sirotning 
davomiyligiga qarab pasayib ketaveradi. Bu retseptorlarning potensiali ikki komponentdan iborat 
boshlang‘ich fazali va keyingisi-tonik komponentdir. 
Shunday qilib, organizmning ixtiyorida uch tipdagi retseptorlar mavjud, ular orqali har bir 
jarayonning avvalidan, o‘rtasidan va oxiridan axborot olish mumkin bo‘ladi. 
Adaptatsiya, ya‘ni ta‘sirot kuchiga moslashish deyarli barcha retseptorlarmng umumiy 
xossasidir. Adaptaisiya doimo ta‘sir etib turgan ta‘sirlovchiga nisbatan sezgirlikning kamayishida 
namoyon bo‘ladi. Doimiy ta‘sirlovchi-hid, shovqin, kiyim-bosh bosimi va shunga o‘xshashlar 
ta‘siriga "o‘rganib qolish" adaptatsiyaning subyektiv namoyon bo‘lishidir. 
 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Retseptorlarning adaptasiyasi deb nimaga aytiladi? 
2. Retseptorlar adaptasiyalanishiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi? 
3. Retseptorlarning adaptasiyasining ahamiyati nimadan iborat? 
 


72 
5-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga og‘riqni sezuvchi reseptorlar hаqidа mа‘lumоt 
bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Og‘riqni sezuvchi reseptorlarni izohlab bera oladi.
1.2. Og‘riq vaqtida odam organizmida ro‘y beruvchi hodisalarni tushuntirib bera oladi.
 
Beshinchi sаvоl bаyоni. 
Teridagi og‘riqni sezuvchi retseptorlartiing qo‘zg‘alishi sezuvchi asab tolalari orqali orqa 
miyadagi quyi asab markazlariga, ulardan oraliq miyadagi po‘stloq osti markaziga va nihoyat, 
neokorteksning orqa markaziy pushtasida joylashgan -sezish markazlariga boradi. Ichki a‘zolarda 
sodir bo‘lgan og‘riq, shu a‘zolarning miyadagi markazlariga berilishi bilan birga, tananing mazkur 
a‘zo joylashgan teri sohasida ham tarqaladi. Masalan, yurak sanchib og‘riganida ko‘krak qafasining 
chap tomonida va chap qo‘1 sohasida og‘riq seziladi. 
Ba‘zi tadqiqotchilarning fikricha, og‘rituvchi ta‘sirotni "og‘riq" asab tolalarining erkin 
oxirlari sezadi. Masalan, analgeziya holatda og‘riq sezilmaydi, lekin tegish sezgisi saqlanadi (har 
qantiay narkozda, shuningdek orqa miyaning ba‘zi kasalliklarida shunday holat kelib chiqadi), 
shundan keyin terining qirqilishi tegish va bosim sifatida seziladi-yu, lekin og‘riq bo‘lib sezilmaydi. 
Terida maxsus og‘riq nuqtalar bor: terining turli qismlariga juda ingichka igna sanchilsa, igna 
sanchilishi bilan oldin tegish sezilmay, darrov og‘riq seziladigan nuqtalarni topish mumkin. Asab 
tolalarning regeneratsiya jarayonida (asab qirqilib ulangan asab tolalarida) avvalo og‘riq 
sezuvchanlik tiklanadi, keyinchalik sezuvchanlikning boshqa turlari tiklanadi. Og‘riq sezuvchanlik 
tiklanganda terining har qanday ta‘sirlanishi - unga tegish, uni silash, bosim ko‘pincha chidab 
bo‘lmaydigan og‘riq sezgisini yuzaga chiqaradi. 
Og‘riq vaqtida odam organizmida bir qancha o‘zgarishlar ro‘y beradi: qonga adrenalin 
gormoni ko‘proq chiqadi, qondagi qand miqdori ortadi, yurakning qisqarsh kuchi va tezligi oshadi, 
qonning ivish xossasi ortadi, nafas olish sekinlashib qoladi, qon bosimi ko‘tariladi, qorachiq 
kengayadi, ter ajraladi. Bu o‗zgarishlarning aksariyati simpatik asab tizimi tonusi oshishi va ichki 
sekretsiya bezlari faoliyatiga bog‘liq. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling