O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

2. Ko’p kanallik - organizmning tashqi va ichki muhitidan turli kanallar orqali bir-biriga 
o‘xshamagan turli polisensor informatsiya qabul qilinadi, qaysiki, bosh miya po‘stlog‘ining turli 
mintaqalariga yetib boradi. Ammo, oxirgi umimiiy yo‘ldan ayni vaqtda organizm uchun kerak 
bo‘lgan eng asosiy va zaruriy axborot o‘tadi. 
3. Yonma-yon qavatlarda asab elementlarining miqdori teng emas. Masalan, ko‘ruv 
tizimida reiseptorlar soni 130 million, ko‘zdan chiqadigan asabni tashkil qiluvchi neyronlarning 
soni esa faqat 1 mln 250 mingga yaqin yoki 100 marotaba kam. Bu nisbat miyaning har qaysi yakka 
retseptorlarda vujudga kelgan impulsni qabul qila olmasligini ko‘rsatadi. Buning biologik ahamiyati 
shimdaki, informatsiya markaziy asab tizimiga yetguncha bir necha marta saralanadi. Ko‘p sonli 
qavatdan unsurlari kam qavatga o‘tish jarayonida biologik nuqtayi nazardan ikkinchi darajadagi 
informasiya olib qolinib, o‘tkazilmaydi. Bu torayib boruvchi "voronka" ("Sherrington voronkasi") 
miyaga o‘tkaziladigan informatsiyani kamaytiradi va muhim axborotlarnigina o‘tkazadi. 
4. Analizalor tuzilmalarining vertikal va gorizontal bo’yicha tarqlanishi. Bir bo‘limda 
joylashgan analizator elementlarining funksional hossalari har xil bo‘lishi munikin. Masalan, ko‘ruv 
analizatorining retseptor bo‘limi rang sezuvchi kolbachalardan va yorug‘lik darajasini sezuvchi 
tayoqchalardan tashkil topgan. Bu farqlanish gorizontal farqlanish deyiladi. 
Retseptorlar adekvat ta’sirlovchilarga, ya‘ni evolutsiya davomida qaysi tasirotlarni 
sezishga maxsus moslashgan bo‘lsa, o‘sha tasirotlarga nisbatan juda yuksak darajada sezuvchanligi 
bilan farq qiladi. Qo‘zg‘alish ro‘y berishi uchun zarur bo‘lgan minimal miqdordagi energiyaga, 
ya‘ni ta‘sirot bo‘sag‘asiga qarab retseptorlarning qo‗zg‘aluvchanligi o‘zgaradi. 
Retseptorlar noadekvat ta’sirlovchilar ta‘sirida ham qo‘zg‘alishi mumkin. Masalan, 
ko‘zga mexanik kuch (zarb) ta‘sir etganda yorug‘lik sezgisi kelib chiqadi ("kozim chaqnab ketdi" 
degan ibora shundan olingan), shu ta‘sirlovchilar quloqqa ta‘sir etganda tovush sezgisi paydo 
bo‘ladi ("qulog‘im shang‘illab ketdi"). Lekin noadekvat ta‘sirlovchilar ta‘sir etganda retseptorlar 
qo‘zg‘aluvchanligi ko‘p marta kamroq bo‘lib chiqadi. 


71 
Retseptorlar qo‘zg‘aluvchanligi doimo bir xilda turmaydi. U bevosita retseptorlar funksional 
holati o‘zgarganda, shuningdek markaziy asab tizimidan keluvchi impulslar ta‘sirida ham o‘zgarishi 
mumkin, bular retseptorlarning sezuvchanlik darajasini o‘zgartiradi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling