O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Gipofiz hujayralarining funksiyasi gipotalamusning 6 rilizing-gormonlari va 3 
ingibitor-gormonlari orqali boshqariladi (18-jadval). 
Bu gormonlarning nomi qonga o‘tishni boshqarib turadigan gipofizar gormonga bog‘liq. 
Masalan, gipofizdan tireotrop gormonning qonga o‘tishini tezlashtiradigan gormon tireotropin-
rilizing gormon yoki tireoliberin deyiladi. Bu gormonlarning hammasi kichik peptidlar bo‘lib, 
ularning tuzilishi aniqlangan va ba‘zilari sintez qilingan (TRC3, LG-RG va somatostatin). 
So‘nggi yillarda tadqiqotchilar tomonidan gipofizotrop gormonlar nafaqat gipotalamusda, 
balki miyaning boshqa bo‘limlarida, hatto organizmning boshqa a‘zolarida ham topilgan. 
Masalan, baqa terisida va qon plazmasida tiroliberin topilgan. Sut emizuvchi hayvonlarda 
tiroliberin talamusda, miyachada, gipokampda va miyaning boshqa qismlarida topilgan, 
Somatostatin gipotalamusdan tashqari markaziy asab tizimining boshqa tuzilmalarida, ichaklarda
me‘da osli bezida tormozlovchi omillar sifatida kashf etilgan. 
Gipotalamusdan tashqari mintaqalarda siniez bo‘lib, ajralib chiqadigan neyroregulyalor 
peptidlarning funksional ahamiyati haligacha yaxshi o‘rganib chiqilmagan. Ba‘zi vaqtlarda bu 
peptidlar neyrotransmitter funksiyasini bajaradi, degan ma‘lumotlar ham bor. Yaqinda 
gipotalamus gormonlari orasida bir guruh peptidlar organizmga morfinga o‘xshash ta‘sir qilishi 
aniqlandi. Bu neyropeptidlar enkefalinlar va endorfinlar deb ataladi. Fikrimizcha, bu 
neyropeptidlar xulq-atvor, vegetativ jarayonlar, ovqat hazm qilish, yurak va nafas faoliyati 
mexanizmlarida ishtirok etuvchi asosiy omillar bo‘lishi mumkin. Bu peptidlarning odam 
organizmidagi vazifalari hozirgacha yaxshi o‘rganilmagan. 
Gipotalamusda boshqa peptidlar - R moddasi, neyrotenzin, VIP (VIP-ichak intestinal 
vazoaktiv peptidi) ham topilgan. Ularning bir qismi ichakda topilgani sababli, ichak faoliyatini 
boshqaruvchi katta gormonlar deb atalgan. Markaziy asab tizimida ularning ahamiyati yaxshi 
aniqlanmagan. 
Gipotalamusda miyadagi boshqa bo‘limlar singari monoaminlar doimo sintez bo‘lib, asab 
hujayralari funksiyalari jarayonida zaruriy modda sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy tadqiqotlarga 
ko‘ra gipotalamusda nisbatan monoaminlar miqdori anchagina ko‘p. Shuning uchun o‘ylash 
mumkinki, visserotrop gormonlar hayvonlar filogenezidagi qadimiy funksiyalarni amalga 
oshirishda maxsus rol o‘ynaydi. Mumkinki, gipofizotrop gormonlar evolutsiya davomida endokrin 
neyro-gormonal boshqarish tizimi sifatida gipofiz bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling