O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

 
Muhоkаmа uchun sаvоllаr: 
1. Epifizning qaysi gormonlarini bilasiz? 
2. Melotonin gormonining ta‘sir enish mexanizmini tushuntirib bering. 
3. Epifizning ichki sekretsiyasi qanday boshqariladi? 
 
5-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga qalqonsimon bez hаqidа mа‘lumоt bеrish. 
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.  
1.1. Qalqonsimon bezning anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Qalqonsimon bez gormonlarining ta‘sir etish mexanizmini tushuntirib bera oladi.
Beshinchi sаvоl bаyоni. 
Qalqonsimon bez ichki sekretsiyasi 
Qalqonsimon bez yuksak gormonal faollikka ega bo‘lgan yarim suyuq kolloid bilan to‘la 
bez follikulalaridan iborat. Bez qon va limfa tomirlariga juda boy. Odamdagi qalqonsimon bez 
vazni o‘rta hisobda 15-30 g yoki tana vaznining 0,05% ni tashkil etadi. Shunga qaramay, bu bezdan 
soatiga 5-6 I qon o‘tadi, bu organizmdagi qonning hammasi demakdir. 


90 
Qalqonsimon bezning ikkita gormoni ma‘lum: tiroksin (tetrayodotronin) va triyodotronin. 
Bu gormonlar (tireoid gormonlar) organizmda yod va tirozin aminokislotasidan sintezlanadi. Qon 
plazmasidagi yodning 90-95% tiroksin tarkibida bo‘ladi. 
Tireoid gormonlarning faqat 0,1% plazmada erkin holda bo‘lib, qolgan qismi oqsillarga 
bog‘liq. Faqat erkin tiroksin fiziologik faollikka ega, ammo triyodotroninning faolligi tiroksinga 
nisbatan 4-10 karat yuqori. 
Zamonaviy axborotlarga ko‘ra odam va hayvonlar organizmida maxsus gormon-
tirokalsitonin mavjud. Bu gormon katsiy almashinuvida ishtirok etadi. Tirokalsitonin qalqonsimon 
bez follikulalari tashqarisida parafollikullar hujayralarda hosil bo‘ladi. Uning ta‘siri oslida qonda 
kalsiy miqdori kamayadi. Tirokalsitonin ta‘sirida suyak to‘qimasidan kaisiyning ajralishi to‘xtaydi, 
ammo unda kalsiy zaxira bo‘lishi oshadi. Tirokalsitonin suyak to‘qimasini buziladigan osteoklastlar 
funksiyasiga salbiy ta‘sir yetkazadi, ammo yangi suyak to‘qimasining hosil bo‘lishida ishlirok 
etadigan osteoklastlar funksiyasini kuchaytiradi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling