O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Noradrenalin adrenalinga nisbalan qarama-qarshi-mediator funksiyasini bajaradi, ya‘ni 
qo‘zg‘aluvchan asab uchidan sekretsiya bo‘lib, effektorlarga ta‘sir etadi. Markaziy asab tizimida 
joylashgan neyronlarda qo‘zg‘alishni o‘kazishi ham noradrenalin orqali amalga oshadi. 
Mag’iz qavati gormonlar hosil bo’lishining boshqarilishi 
Mag‘iz qavati gormonlarning hosil bo‘lish mexanizmlari birinchi marta 1910 yilda 
M.N.Cheboksarev tomonidan o‘rganilgan edi. Unga ko‘ra, xromoffinositlarda adrenalin ishlab 
chiqishi simpatik asab tizimi faoliyaliga bog‘liq; bu asab, ta‘sirida adrenalin. sekretsiyasi oshadi va 
agar simpatik tolalar qirqilsa, buyrak usti bezidan adrenalinning chiqishi keskin kamayadi. 
Bezning faoliyati bosh miya gipotalamusi faoliyati bilan ham bog‘liq, chunki uning orqa 
guruh yadrolarida simpatik asab tizimining oliy markazlari joylashgan. Gipotalamus ncyronlsri 
ta‘sir]anganda buyrak usii hczidan ko‘p miqdorda adrenalin ishlab chiqiladi va uning mtqdori oshib 
kcladi. 
Sharli reflektor faoliyali usuli bilan adrenalin sekresiyasining bosh miya po‘stlog‘i bilan 
aloqasi borligi aniqlangan. Jismoniy mehnat bajarish emotsional qo‘zg‘alish, organizmning sovushi 
va boshqa shunga o‘xshash holatlarda adrenalin refleks yo‘li bilan ko‘proq ajralib chiqadi. 
Emotsional qo‘zg‘alishda buyrak usti bezlaridan adrenalin ko‘p chiqishini U.Kennon 
aniqlagan. Vovillayotgan itni korgan mushukning buyrak usti bezlari venalaridagi qonda adrenalin 
ko‘payganini U.Kennon kuzatgan. 
Adrenalin sekretsiyasining ortishi odamning emotsional holatlarida ro‘y beradigan bir 
qancha fiziologik o‘zgarishlar mexanizmini tushuntirib beradi. Masalan, talabalar imtihon 
topshirayotgan vaqtda, sportchilar start oldidan musobaqa boshlanish signalini kutib turganda 
qondagi glukozaning ko‘payishi va siydik bilan ko‘plab chiqishi buyrak usti bezlaridan 
adrenalinning ko‘p chiqish nalijasidir. Bu dalil adrenalin sekretsiyasiga bosh miya markazlarining 
ta‘sir etishidan guvohlik beradi. 
Qonda glukozaning kamayib ketishi buyrak usti bezlaridan adrenalin chiqishini 
kuchaytiradi. Masalan, hayvon organizmiga insulin yuborib gipoglikemiya vujudga keltirilsa
adrenalin sekretsiyasi kuchayadi, natijada jigardagi glikogen safarbar etilib, qondagi glukoza 
ko‘payadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling