Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Ayrisimon bezning anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Ayrisimon bez gormonlarining ta‘sir etish mexanizmini tushuntira oladi.
Yettinchi sаvоl bаyоni.
Ayrisimon bez
Ayrisimon bez bo‘sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning vazni chaqaloqlarda 12 g
bo‘lib, to balog‘atga yetish davrigacha 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So‘ngra
bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boshlaydi va u yog‘ moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning
vazni 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda-15g, 70-yoshda-6 g bo‘ladi.
Ayrisimon bez-juft, pallali a‘zo bo‘lib, ikki andozasi bir xil bo‘lmagan pallalardaa iborat. Bu
pallalar biriktiruvchi to‘qima orqali o‘zaro bog‘langan. Ayrisimon bezning har bir pallasi yana
pallachalarga bo‘linib, ularda po‘stloq va mag‘iz qavatlari mavjud. Po‘stloq qavati parenximalardan
tashkil topgan, unda ko‘p miqdorda limfotsitlar bo‘ladi. Mag‘iz qavatda esa epitelial va lipid
hojayralari bor.
Bezning innervasiyasi parasimpatik (adashgan) va simpatik asablar orqali amalga oshadi. Bu
tolalar pastki bo‘yin va yuqori ko‘krak simpatik tugunlaridan boshlanadi.
Ayrisimon bezning fiziologik ahamiyati
Oxirgi yillarda ayrisimon hez gormonlari va ularning fiziologik ahamiyati to‘liq o‘rganib
chiqilgan. Bezda timozin, timopoetin, timus gormoni omili degan polipeptid tabiatli moddalar
ishlanib chiqariladi.
Ayrisimon bezning immunitetiga katta ahamiyati o‘rganilgan. U organizm immuniteti
jarayonming boshqarilishida, antitelalarning hosil bo‘lishida, limfotsitlarning rivojlanishi va
taqsimlanishida hamda organizmning immun reaksiyalariga bevosita ishtirok etadi. Olimlarning
fikricha suyak ko‘migida hosil bo‘luvchi birlamchi suyak hujayralari umumiy qon aylanish doirasi
orqali ayrisimon bezga yetib boradi, bezda ular ko‘payib, T-limfolsitlarga aylanadi. Bu limfositlar
hujayra immunitetining rivojlanishi uchun javobgar ekanligi olimlar tomonidan taxmin qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |